Biogen elementlar konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘lgan endemik va kasb kasalliklari po‘latova M. M. 101-guruh I pediatriya va xalq tabobati fakulteti Imiy rahbar: t f. n., dotsent Arifjanov S



Yüklə 9,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü9,46 Kb.
#180224


83
BIOGEN ELEMENTLAR KONSENTRATSIYASINING O‘ZGARISHI
BILAN BOG’LIQ BO‘LGAN ENDEMIK VA KASB KASALLIKLARI
Po‘latova M.M. 101-guruh I Pediatriya va xalq tabobati fakulteti
Imiy rahbar: t.f.n., dotsent Arifjanov S.Z.
ToshPTI, Tibbiy va biologik kimyo, Tibbiy biologiya, umumiy genetika
Dolzarbligi:
Biogen elementlar -organizmlar tarkibida doim bo‘ladigan va ularning hayot
faoliyatida muhim ro‘l o‘ynaydigan kimyoviy elementlardir.Tabiiy sharoitda organizmlarning hujayra
va to‘qimalarida mavjud bo‘lgan barcha kimyoviy elementlar muayyan fiziologik vazifa bajaradi.
Biogen elementlardan birortasining miqdorda kam bo’lsa, kasallik yuzaga keladi. Maslan, iste’mol
qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi.
Sog’lom odamga bir kecha kunduzda 100-200 mikrogramm yod kerak bo‘ladi. Shu miqdordan
kamaysa, gipoterioz, aksincha ortib ketsa gipertirioz paydo bo‘ladi. Ayollarda erkaklarga qaraganda 5
marta ko‘proq yod uchraydi.
Ahamiyati:
Qalqonsimon bez moddalar almashinuvini nazorat qiladi va uni sog’liq qo‘riqchisi
deb ataydilar. Bezda biron muammo yuz bersishi bilan organizmda quyidagilar kuzatiladi:
bezovtalanish, kayfiyatni yo‘qligi, charchoq va uyquchanlik. Qalqonsimon bez yurak va miya
faoliyatini hamda yurak mushaklarning tonusini boshqaradi.
Maqsadi:
Jahon Sog’liqni Saqlash Tahkilotining tadqiqotlariga ko‘ra, o‘tgan 10yil mobaynida
bolalarda buqoq shakllanishi 6%ga oshdi va umumiy bolalar endokrin kasalliklarining chorak qismiga
teng bo‘ldi. Bunday yuqori ko‘rsatgichlar noto‘g’ri ovqatlanish, salbiy ekologik sharoit bilan bog’liq.
Bolalarda ushbu kasallik o‘ziga xos endemik kretinizmning shakllanishi kabi asorat qoldirishi
mumkin. Bolaning nafaqat intellektual, balki jismoniy rivojlanishdan ortda qolish hamda markaziy
asab tizimining buzilishi bilan kechadi.
Kasb kasalligi yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga ta’siri
natijasida paydo bo‘ladi.Masalan: kasbga aloqadorlik karlik, shovqinning juda baland bo‘lishi,
kimyoviy moddalar bilan ishlasa va boshqalar oqibatida kelib chiqadi.
Qo'llanilish usuli:
Ilmiy adabiyotlar va internet ma’lumotlari asosida yod mikroelementini
inson organizmida muhim element ekanligi o’rganildi.
Xulosa:
Buqoqni davolashning asosiy usuli gormonlarni o‘rnini bosish hisoblanadi. Buning
uchun tirozinning turli xil faol unumlari ishlatiladi.Bunday preparatlar endokrin bezi tomonidan ishlab
chiqariladigan gormonlarning fiziologik parametrlari bilan tenglashadi.Nafaqat preparatning kerakli
miqdorini,balki salbiy natijalarga olib kelmaydiganini ham tanlash juda muhimdir. Davolash ,dori
moddalarini muntazam iste’mol qilish ko‘pincha hayotning oxirigacha davom etadi. Gormonlar
nisbatini nazorat qilishni unutmaslik tavsiya etiladi.
А
dabiyotlar ro'yxati:
1. 
Гулямов

Саидало Саидкамалович
, et al. "
Морфологические изменения в мышечной ткани
при различной степени контрактуры
." Science for Education Today 1 (23) (2015): 64-71.

Yüklə 9,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin