KURS ISHI
MAVZU: . Odamda neyrodegenerativ kasalliklar va gen terapiyasi Bajardi: Biologiya ta`lim yo`nalishi
118-gruh 5-kurs talabasi Go’ro’g’liyev.E.
Ilmiy rahbar: o`q. Asallayev.O’.H.
Termiz-2023
Odamda neyrodegenerativ kasalliklar va gen terapiyasi Mundarija: Kirish……………………………………………………………………………3 I Bob. Odamda neyrodegenerativ kasalliklar va ularning turlari va tahlili. 1.1. Odamda neyrodegenerativ kasalliklar haqida ……………………………...5
1.2. Odamda neyrodegenerativ kasalliklarni tasniflash………………………. 12
II bob. Odamda neyrodegenerativ kasalliklar va gen terapiysasi va ularni o’rganish metodlari.
2.1. Gen terapiysasi va ularni o’rganish metodlari………………………… 19
Xulosa ………………………………………………………………………33 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………..34
Kirish Neyrodegenerativ kasalliklar uchun biomarkerlar sifatida aylanma miRNKlar Altsgeymer kasalligi (AD), Parkinson kasalligi (PD) va frontotemporal demanslar (FTD) kabi neyrodegenerativ kasalliklar alohida ob'ektlar hisoblanadi, ammo klinik, patologik va genetik nuqtai nazardan bir-biriga mos keladigan dalillar ortib bormoqda. Genetik kodni aniqlashda hissa qo’shgan olim Frensis Krikning shunday yozgan: -Genetik kod bu molekulyar biologiya kalitidir, chunki DNK poinukleotidlar tili va oqsillar polipeptid tili bir-biri bilan bog‘liqdir‖ (1966). Genetik kod universal bo’lib, uning asosiy qismi yer yuzidagi hamma tirik organizmlar uchun bir xildir. Bunday xulosalar, biopolimerlarni nuklein kislotalarining va oqsillarning birlamchi strukturasini aniqlashda, sekvenirlash ishlarini o’tkazishda asos bo’lib hizmat qildi. Molekulyar genetika uslublarining rivojlanishi uchta asosiy yo’nalishlarning gen muxandisligi, biotexnologiya va genomika rivojlanishiga turtki bo’lib hizmat qildi. Molekulyar genetikaning eng asosiy yutuqlaridan biri- genomika yo’nalishining rivojlanishi hisoblanadi. Genetika sohasida eng muhim voqealardan biri F.Senger tomonidan bir zanjirli halqasimon φX174 fagining genomini sekvenrlanishi hisoblanadi, bu kashfiyoyi uchun olim 1980 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan. Ushbu kashfiyot molekulyar genetika sohasida yangi era- genomika erasining rivojlanishiga turtki bo’ldi. O’tgan asrning 80 yillaridan so’ng, turli xil organizmar genomini, bakteriyalar, zamburug‘lar, o’simliklar, hasharotlar, sut emizuvchilar va inson genomini sekvenirlash bo’yicha birinchi Halqaro dasturlar faoliyat ko’rsatishdi.