191
kechadi va ATF sintezi bilan boradi. Erkin nafas olish zanjiri
mitoxondriyaning tashqi membranasida kechadi va bunda energiya
issiqlik sifatida ajralib chiqadi.
Ikki turdagi nafas zanjirining bo‘lishi fiziologik ahamiyatga ega.
Chunki ba’zi paytlarda organizm ko‘p
miqdorda ATFga muhtoj, boshqa
paytlarda esa issiqlikka. Bunda organizm bir nafas olish zanjiridan
ikkinchisiga o‘tishi mumkin va organizmni adaptatsiya-kompensatsiya
(moslashuv) jarayonlar holatini belgilaydi.
Turli zaharli moddalarni jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar
bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich
endoplazmatik turda boradi,
reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi. Ularning
kofermenti sitoxrom P-450, b
5
, gem va vitaminlar hisoblanadi. Sitoxrom
P-450 ni bir qancha o‘xshash shakllari bo‘lib, ular substratlarga
monandligi bilan farqlanadilar. Quyida jigar
mikrosomalarida zaharli
moddalarni zararsizlantirilishining birinchi bosqichi keltirilgan (52-rasm).
Dostları ilə paylaş: