Biokimyo pmd


I bosqich . Pirouzum kislota TPF (tiaminopirofosfat) bilan birikib, uning faol shakliga aylanadi. II bosqich



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

I bosqich
. Pirouzum kislota TPF (tiaminopirofosfat) bilan birikib,
uning faol shakliga aylanadi.
II bosqich
. Aktivlangan pirouzum kislota koferment lipoat kislota
ishtirokida dekarboksillanadi. Bu reaksiyani piruvat-lipoat-
oksidoreduktaza (yoki PDG) fermenti katalizlaydi.
III bosqich
. Atsetil-KoAning hosil bo‘lishi.
IV bosqich
. Digidrolipoat kislotaning elektron va protonlarni ajratish
bilan oksidlanishi.
Bu reaksiyani digidrolipoatdegidrogenaza fermenti tezlashtiradi.
Shunday qilib lipoat kislota vodorod tashish vazifasini bajaradi.
54-rasm.
Pirouzum kislotasining oksidlanishli dekarboksillanish sxemasi


197
Limon kislota sikli
Bu siklning limon kislotasi sikli deb atalishiga sabab, siklning
birinchi mahsuloti limon kislotasidir. Bu siklni trikarbon (uch karbon)
kislotalari sikli ham deb ataladi, chunki siklning birinchi mahsuloti limon
kislotasi uchkarbon kislotadir. Ammo ko‘pincha siklda reaksiyalarni
Gans Krebs tomonidan aniqlanganligi uchun bu siklni muallif nomi
bilan aytiladi. Limon kislota sikli, elektron tashish zanjiri bilan birgalikda
modda almashinuvining oxirgi fazasi hisoblanadi va oksidlanuvchi
moddadan 60-70% energiyani ajratib chiqaradi.
55-rasm.
Krebs halqasi.


198
Krebsning limon kislota sikli uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalar
parchalanishidagi umumiy yo‘l hisoblanadi. Uglevodlar bilan yog‘lar
bu siklga atsetil-KoA shaklida, aminokislotalar esa – a-ketoglutarat,
suksinat va fumarat shaklida qo‘shiladi. Bir sutkada oqsillar, uglevodlar
va lipidlar almashinuvi natijasida odam tanasining har bir kg og‘irligiga
10 ga yaqin atsetat hosil bo‘ladi. Agarda tana og‘irligi 70 kg ga teng
bo‘lsa, unda 700 atsetat hosil bo‘ladi. Bu miqdordagi atsetil-KoA ning
CO
2
va H
2
O gacha parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya
organizm uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Aktivlangan
atsetatning koenzim A shakli oksidlanishi Krebs siklida boradi. Bu sikl
1937-yilda Krebs tomonidan taklif qilingan. Gans Adolf Krebs (1904-
yilda tug‘ilgan) O. Varburgning shogirdi bo‘lib, u siydikchil hosil bo‘lish
nazariyasini va limon kislotasi siklini kashf qilganligi uchun 1954-yil
fiziologiya va meditsina sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Limon kislotasi sikli yopiq metabolitik yo‘l bo‘lib, 8 ta alohida
reaksiyalardan iborat. Oksaloatsetat bu reaksiyada boshlang‘ich hamda
oxirgi mahsulot bo‘lib hisoblanadi (55-rasm):

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin