Biokimyo pmd


NUKLÅIN KISLOTALARNI DURAGAYLASH



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

NUKLÅIN KISLOTALARNI DURAGAYLASH
Nuklein kislotalar denaturatsiyasi
Nuklein kislotalarning ikkilamchi strukturasi azot asoslari o‘rtasida
vodorod bog‘lari bilan gidrofob bog‘lar yuzaga kelishi, ya’ni kuchsiz
o‘zaro ta’sirlar hisobiga hosil bo‘ladi. Shu munosabat bilan xuddi
oqsillarga o‘xshab o‘rtacha darajadagi ta’sirlar natijasida nuklein
kislotalar denaturatsiyaga uchrashi mumkin. Nuklein kislotalar 70-100
o
Cgacha qizdirilganda, shuningdek, kuchli kislotali yoki ishqorli
muhitlarda, mochevina qo‘shilganida denaturatsiya yuz beradi. Vodorod
bog‘lari bilan gidrofob bog‘lar uzilishi natijasida zanjirlar bir-biridan
qochib, tartibsiz koptokcha shakliga kirib qoladi (19-rasm).
Qizdirish yo‘li bilan denaturatsiyaga uchratilgan nuklein kislota
eritmasi sovutilsa, u holda bo‘sh bog‘lar yana paydo bo‘ladi va muayyan
sharoitlarda dastlabki (denaturatsiyadan oldingi) preparat strukturalarga
o‘xshab ketadigan qo‘sh spiralli spirallar hosil bo‘ladi, ya’ni
renativatsiya hodisasi yuzaga chiqadi. Molekulalarni duragaylash usuli
denaturatsiya va renativatsiya hodisalalariga asoslangan nuklein
kislotalarning tuzilishini o‘rganish, shuningdek, ularni fraksiyalarga,
ya’ni tarkibiy qismlarga ajratish uchun qo‘llaniladi.
DNKni DNK bilan duragaylash
Turli turdagi organizmlardan (masalan: baqa va quyondan) ajratib
olingan DNK eritmalari bir-biriga aralashtirib, shu aralashma qizdirilsa
(ya’ni DNKlari denaturatsiyaga uchratilsa) va keyin, sovutilsa u holda
yana qo‘sh spiralli strukturalar komplementarlik asosida paydo bo‘ladi.
Bunda dastlabki DNK molekulalariga o‘xshash qo‘sh spiralli


77
molekulalar bilan birga bitta nukleotid zanjiri baqa DNKlaridan,
ikkinchi zanjiri esa quyon DNKlaridan iborat bo‘lgan duragay
molekulalar yuzaga kelishi mumkin.
Bu xildagi duragay molekulalar mukammal bo‘lmaydi. Ularda
spiral holiga kelgan qismlar spirallashmagan qismlar bilan navbatlashib
boradi. Shundan ko‘rinib turibdiki, spirallashmagan qismlarda
polinukleotid zanjirlar bir-biriga komplementar bo‘lmaydi. DNK bilan
DNK duragaylari (DNK–DNK duragaylari)ning mukammal emasligini
elektron mikrosko‘p yordamida bilib olsa bo‘ladi. DNK – DNK
duragaylashni o‘rganish biologiya uchun muhim bo‘lgan quyidagi
xulosalarni chiqarishga imkon beradi:
1. Bitta organizmning barcha a’zo va to‘qimalaridagi DNKlar bir-
biriga o‘xshashdir.
2. Bitta biologik turga mansub turli individlarning to‘qimalaridan
ajratib olingan DNKlar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Biroq kichik
tafovutlar bo‘lishi mumkinki, bularni duragaylash usuli bilan topib
19-rasm. 
DNK qayta denaturatsiya va renativatsiya bosqichilari


78
olsa bo‘ladi (komplementarmas qismlarda 3-5 tadan ortiq nukleotid
qoldiqlari bo‘lganida qo‘sh spirallar yuzaga kelmaydi).
3. Har xil biologik turlarga mansub individlardan olingan DNKlar
bir-biriga o‘xshash bo‘lmaydi, mukammal bo‘lmagan duragay
molekulalar hosil qiladi. Turlar o‘rtasidagi filogenetik qon-qardoshlik
nechog‘lik uzoq bo‘lsa, DNK-DNK duragaylarning mukammal
bo‘lmaslik darajasi shu qadar yuqori bo‘ladi. Shu munosabat bilan
DNK–DNK duragaylash usulini organizmlar sistematikasini aniqlash
uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lib chiqadi.
DNKni duragaylash usuli bilan o‘rganish DNKning birlamchi
strukturasi turga xos spetsifik bo‘lishi bilan xarakterlanishini ko‘rsatib
beradi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin