192
Silliq endoplazmatik retikulum organizmga tushgan begona
moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen
substratlar,
xolesterin, o‘t kislotalari, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, steroid
gormonlar, prostoglandinlar). Uning donador endoplazmatik
retikulumdan asosiy farqi – NADFH-sitoxrom P-450-reduktaza
fermenti
bo‘lib, gidroksillash reaksiyalarini amalga oshiradi. Mikrosomalurning
asosiy gidroksillash sistemasiga sitoxrom P-450 va NADFH-sitoxrom
P-450-reduktaza kiradi. Mikrosomalarda gidroksillash reaksiyasi
monooksigenaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu reaksiya
sitoxrom P-450 ishtirokida quyidagi bosqichlarda boradi:
1. Sitoxrom P-450 fermenti (Fe
3+
) substrat (S)
bilan birikib
fermentsubstrat kompleksi hosil qiladi.
2. Sitoxrom P-450 tarkibidagi Fe
2+
ga qaytariladi. Bu reaksiya
NADFH-reduktaza ishtirokida borib, u ferment-substrat kompleksiga
kislorodni birikishini amalga oshiradi.
3. Bir atom kislorod
substratni oksidlanish uchun, yana bir atomi
suv molekulasini hosil qilishga sarflanib sitoxrom P-450 tarkibidagi
temir yana uch valentlikka (Fe
3+
) o‘tadi.
4. Oksidlangan substratning eruvchanligi oshadi va metabolitik
reaksiya osonlashadi. Sitoxrom P-450 substratning keyingi molekulasi
bilan reaksiyaga kirishadi.
Keltirilgan
reaksiyada NADFH
2
bilan ta’minlovchi fermentlar:
izotsitratdegidrogenaza;
glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza;
6-fosfoglyuqonatdegidrogenaza.
Sitoxrom P-450 bilan ro‘y beradigan reaksiyalar oraliq va oxiri
zaharli moddalar hosil bo‘lishi bilan o‘tadi (H
2
O
2
, OH, O
2
-
, CO va
boshqalar). Bu moddalarni zararsizlantirishda hujayra membranasi
tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A, E, C va boshqalar), erkin
radikallarga qarshi faollikka ega bo‘lgan mikroelementlar (Zn, Cu, Ni,
Se va boshqalar), antioksidant himoya fermentlari
(superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, katalaza)
va fosfolipidlar
himoya vazifasini bajaradi.
Sitoxrom P-450 ni katalitik faolligi 3 xil yo‘l bilan boshqariladi:
1. Molekula ichida o‘zgarishlar qilib sitoxrom P-450ni substrat
spetsifikligini o‘zgartirish bilan.
2. Molekulalararo ta’sirlar natijasida sitoxrom P-450 reduktaza
fermenti faolligini o‘zgartirishi bilan.
193
3.Sitoxrom P-450 fermenti sintezini kuchaytirish (induksiya) yo‘li
bilan.Uchinchi boshqaruv yo‘li tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Buning
uchun fenobarbital (lyuminal), ziksorin, benzonal
kabi dorivor moddalar
ishlatiladi.
Zaharli moddalarni
Dostları ilə paylaş: