Biokimyo pmd


-rasm.   Mitohondriyalarda protonlari membrana orqali o‘tkazish va ATF sintezi Nafas olish va fosforillanish ingibitorlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

51-rasm.
 
Mitohondriyalarda protonlari membrana orqali o‘tkazish
va ATF sintezi
Nafas olish va fosforillanish ingibitorlari
Turli xil moddalar ta’sirida oksidlanish jarayoni fosforillanishdan
ajralib chiqadi. Bunda elektronlarni nafas olish zanjiri orqali o‘tishi
o‘zgarmay energiya hosil qilmaydi. Bunday moddalar ajratuvchilar
deyiladi. Bularga 2,4-dinitrofenol, disulfid moddalar, pirofosfatlar, CO
2
,
tiroksin, bakterial toksinlar, salitsilatlar, papaverin, streptomitsin,
penitsillin, gramitsidin, strofantin va boshqalar kiradi. Quyidagi fizik
omillar ham shunday ta’sir etadi: sovqotish, rentgen va radiofaol nurlar,
ochlik, to‘liqish va boshqalar.
Shu bilan birga elektronlarni nafas olish zanjirida tashilishini
susaytiruvchi moddalar ham bor. Bularga rotenon, amital (flavin
fermentlarini spetsifik ingibitorlari); antimitsin A (sitoxrom b ingibitori);
sianidlar (sitoxromoksidaza ingibitorlari) kiradi.
ATF sintezini ingibirlovchi moddalarga oligomitsin, rutamitsin,
auroverdinlar kiradi. Ko‘pchilik gipoksik holatlarda (kamqonlik, tog
kasalligi, qon tashilishining buzilishi) to‘qima nafas olish jarayoni
buziladi va hujayrada energiya tanqisligi kuzatiladi. Bunday holat
gipovitaminozlarda (vitamin PP va B
2
), infeksion kasalliklarda,
intoksikatsiyalarda kuzatilishi mumkin.
Mikrosomal oksidlanish
Umuman olganda hujayrada 2 xil to‘qima nafas olishi mavjud:
fosforillanuvchi nafas olish va fosforillanmasdan (erkin) nafas olish.
Fosforillanish bilan nafas olish mitoxondriyaning ichki membranasida


191
kechadi va ATF sintezi bilan boradi. Erkin nafas olish zanjiri
mitoxondriyaning tashqi membranasida kechadi va bunda energiya
issiqlik sifatida ajralib chiqadi.
Ikki turdagi nafas zanjirining bo‘lishi fiziologik ahamiyatga ega.
Chunki ba’zi paytlarda organizm ko‘p miqdorda ATFga muhtoj, boshqa
paytlarda esa issiqlikka. Bunda organizm bir nafas olish zanjiridan
ikkinchisiga o‘tishi mumkin va organizmni adaptatsiya-kompensatsiya
(moslashuv) jarayonlar holatini belgilaydi.
Turli zaharli moddalarni jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar
bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik turda boradi,
reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi. Ularning
kofermenti sitoxrom P-450, b
5
, gem va vitaminlar hisoblanadi. Sitoxrom
P-450 ni bir qancha o‘xshash shakllari bo‘lib, ular substratlarga
monandligi bilan farqlanadilar. Quyida jigar mikrosomalarida zaharli
moddalarni zararsizlantirilishining birinchi bosqichi keltirilgan (52-rasm).

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin