Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

66-rasm
.
 
Fosforilaza faollanishining shalola mexanizmi
Aksincha, insulin (oshqozon osti bezi b-hujayralari gormoni) qonda
glyukoza miqdorini ko‘payib ketmasligini ta’minlaydigan yagona
gormondir. Glyukoza faqat jigar hujayrasi membranasidan yengil otib,
boshqa to‘qima hujayra membranalaridan otolmaydi. Insulin esa turli
to‘qimalarning hujayra memranadagi maxsus insulin retseptorlariga
birikib, glyukozani deyarli hamma hujayralar membranasidan otishini
osonlashtiradi.
Insulinni ta’sir mehanizmi glyukokinaza fermentini faolligini
oshiradi va natijada glyukozani glyukoza-6-fosfatga aylanishini
tezlashtiradi, insulin glyukoza sintezini tezlatuvchi fermentlar, ayniqsa,
glyukoza-6-fosfatni (glyukoza va fosfat kislotasiga) parchalanishini
tezlatuvchi ferment glyukoza-6-fosfatazani faolligini pasaytiradi. Bu
esa hujayrada glyukoza-6-fosfatni miqdoran ko‘payishiga olib keladi.
Bunda glyukoza-6-fosfat hujayrada parchalanib, oxirgi mahsulotlar va
energiya hosil qiladi yoki glikogenga aylanadi.


225
glyukoza-6-fosfat allosterik regulyatsiya yoli bilan glikogensintetaza
fermentining faolligini oshiradi, bu esa glikogen sintezlanishini
tezlashtiradi;
glyukozani to‘qimalarda parchalanishini tezlashtiradi;
glyukozani aminokislota va yog‘ kislotalariga aylanishini
tezlashtiradi;
glikogenfosforilazaning faolligini pasaytiradi, chunki uning
fosforlanishi toxtaydi.
Glikogenoliz ham pasayadi; insulin adenilsiklazaning faolligini
pasaytiradi (aniqrogi, sAMF ni parchalovchi fosfodiesteraza
fermentining faolligini oshiradi va u sAMF ni AMF ga aylantiradi,
parchalaydi). Natijada proproteinkinaza faol holatga otmaydi va
glikogensintetaza «B» nofaol (fosforlangan) formasi kamayib,
glikosintetaza «A» faol (fosforlanmagan) formasi miqdori ko‘payadi.
Bunda glyukozadan glikogen sintezi tezlashadi.
Uglevodlar almashuvida insulinning glyukozaning glikogenga
aylanishidagi molekulyar ta’sir etish sxematik mexanizmi quydagicha:
sAMF (-) kamayib, glikogenni glyukozaga parchalanishi kamayadi;
sGMF (+) chunki glikogenfosforilaza «A» (faol) glikogenfosforilaza
«B» ga o‘tadi.Glikogensintetaza «B» (nofaol) esa glikogensintetaza «A»
ga (faol) aylanadi va glikogen sintezlanishi tezlashadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin