317
79-rasm.
Ichki sekretsiya bezlari
Idora etish sistemasiga gormonlar ishlab
chiqarilishining qoshilishi
distant boshqarilishni amalga oshirishga imkon beradi, yani hujayra
o‘z metabolizmini boshqarishdan tashqari boshqa hujayralar ta’siriga
uchraydi (79,80-rasm).
Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining maxsus hujayralarida hosil
bo‘lgandan so‘ng,
qonga otib, moddalar almashinuvi va fiziologik
funksiyalarga regulyator (boshqaruvchi) ta’sir ko‘rsatuvchi organik
tabiatli moddalardir.
318
Gormonlar tasnifi
Kimyoviy tabiatiga ko‘ra gormonlar uch guruhga bo‘linadi:
1. Peptid (oqsil) tabiatli gormonlar:
a) murakkab
oqsillar - glikoproteinlar; bularga FSG, lyuteinlovchi
gormon, TTG va boshqalar;
b) oddiy oqsillar:
prolaktin, STG, insulin va boshqalar kiradi;
d) peptidlar: AKTG, glyukagon, kalsiytonin, somatostatin,
vazopressin, oksitotsin va boshqalar kiradi.
2.Aminokislotalar unumlari: katexolaminlar,
tireoid gormonlar,
melatonin va boshqalar kiradi.
3. Steroid birikmalar va yog‘ kislotalar unumlari (prostaglandinlar).
Steroidlar gormonlarning katta guruhini tashkil qiladi; ularga buyrak
usti bezlari gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy gormonlar (androgenlar
va estrogenlar), 1,25-dioksixolekalsiferol va boshqalar kiradi.
4. Eykazanoidlar ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar (araxidonat)
unumlari bo‘lib, uch sinf birikmalarni o‘z ichiga oladi: prostaglandin,
tromboksan va leykotriyenlar. Ular
suvda erimaydigan nostabil
birikmalar bo‘lib, o‘z ta’sirini sintezlangan joyi yaqinidagi hujayralarga
ko‘rsatadi.
80-rasm.
Endokrin va nerv sistemalarining bir-biriga bog‘lanishi. To‘g‘ri
chiziqlar gormon sintezini, punktir chiziqlar –nishon a‘zoga ta‘sirini
ko‘rsatadi