Biokimyo pmd


Siydikning umumiy xususiyatlari va tarkibiy qismlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Siydikning umumiy xususiyatlari va tarkibiy qismlari
Siydikning umumiy xususiyatlari
Katta yoshdagi odamlarda me’yorda bir sutkada ajralib chiqadigan
siydikni miqdori 1000 ml dan 2000 ml gacha bo‘lib, qabul qilingan
suyuqlik hajmining o‘rtacha 50–80% tashkil etadi. 500 ml dan kam va
2000 ml dan ko‘p siydikni sutkalik miqdori katta yoshdagilarda patologik
holat deb hisoblanadi. Siydik hajmini ortishi 
(poliuriya)
ko‘p miqdorda
suyuqlik, diurezni ko‘paytiruvchi ovqat moddalari (tarvuz, qovoq va
boshqalar) qabul qilinganda kuzatiladi. Patologik hollarda diurez buyrak
kasalliklari (surunkali nefrit va piyelonefrit), qandli diabet va boshqalarda
uchraydi. Ko‘p miqdorda siydikni ajralishi – sutkada 15 l gacha va undan
ko‘p qandsiz diabetda (diabetes insipidus) kuzatiladi (113-rasm).
Sutkalik siydik miqdorini kamayshi 
(oliguriya)
organizmga kam
miqdorda suyuqlik qabul qilinganda, tana harorati ortganda
(organizmdan teri orqali ko‘p miqdorda suv chiqariladi), qusganda, ich
ketganda, toksikoz, o‘tkir nefrit va boshqalarda kuzatiladi. Buyrak
parenximasining og‘ir jarohatlarida (o‘tkir diffuz nefrit), siydik tosh
kasalligida (siydik nayi berkilganda), rux, simob, margimush bilan
zaharlanganda, kuchli asabiylashishda siydik chiqarilishi to‘liq
to‘xtalishi (anuriya) mumkin. Uzoq davom etadigan 
anuriya uremiyaga
olib keladi.
Me’yor bo‘yicha kechasiga nisbatan kunduzi siydik ko‘p ajraladi.
Kunduzgi va tungi diurez o‘rtasidagi nisbat 4:1 dan 3:1 gacha bo‘ladi.
Ba’zi patologik hollarda (yurak dekompensatsiyasini boshlang‘ich
shakllari, sistopiyelit va boshqalar) kunduziga nisbatan kechasi siydik
ko‘p miqdorda ajraladi. Bu holatga 
nikturiya 
deb ataladi.
Me’yorda siydikning rangi somon – sariqdan to‘q sariqqacha bo‘ladi.
Siydik rangi undagi pigmentlar – uroxrom, urobilin, uroeritrin, urozein
va boshqalarni saqlanishiga bog‘liq.


423

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin