Biokimyo pmd


Buyrakning kislota-ishqor muvozanatni saqlashdagi vazifasi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Buyrakning kislota-ishqor muvozanatni saqlashdagi vazifasi
Kislota – ishqor muvozanatiga buyraklar sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar,
lekin u qon bufer sistemasidagi o‘pka ta’siriga nisbatan uzoqroq
muddatdan keyin namoyon bo‘ladi. O‘pkalarga qondagi vodorod ionlari
konsentratsiyasini me’yorlashtirish uchun taxminan 1 – 3 daqiqa talab
etiladi, buyraklarga o‘zgargan kislota-ishqor muvozanatini tiklash uchun
10-20 soat zarurdir.
Organizmda vodorod ionlari konsentratsiyasini saqlab turishning
asosiy mexanizmi bo‘lib buyrak kanalchalari hujayralarida natriyni
reabsorbsiyasi va vodorod ionlarini sekretsiyasi hisoblanadi. Bu
mexanizm bir necha kimyoviy jarayonlar yordamida amalga oshadi.
Ulardan birinchisi – digidrofosfatlarning monogidrofosfatlarga
aylanishidagi natriyni reabsorbsiyasi. Koptokchalarda hosil bo‘luvchi
buyrak filtrati yetarli miqdorda tuzlar, shuningdek fosfatlar saqlaydi.
Lekin monogidrofosfatlarni miqdori birlamchi siydikni buyrak
kanalchalari bo‘ylab harakatlanish davrida asta-sekin kamayadi. Qonda
digidrofosfatlarni monogidrofosfatlarga nisbati 1:4; koptokcha filtratida
9:1, nefron distal sigmentidan o‘tuvchi siydikda 50:1. Buni natriy
ionlarini kanalcha hujayralari orqali tanlab so‘rilishi bilan tushuntirish
mumkin. Ular o‘rniga kanalga hujayralardan buyrak kanalchasi
bo‘shlig‘iga vodorod ionlari ajratiladi. Shunday qilib, monogidrofosfat
Na
2
HPO
4
digidrofosfatga NaH
2
PO

aylanadi va shunday holda siydik
bilan ajraladi. Kanalcha hujayralarida karbonat kislotadan bikarbonat
hosil bo‘ladi, natijada qonni ishqoriy zaxirasi ortadi. Natriy organizmda
ushlab qolishini va ortiqcha vodorod ionlarini chiqarilishini ta’minlovchi
ikkinchi kimyoviy jarayon – bu kanalcha bo‘shlig‘ida bikorbanatlarni
karbonat kislotaga aylantirish. Kanalcha hujayralarida karboangidraza
ta’sirida suvni karbonat angidrid bilan birikishi natijasida karbonat
kislota hosil bo‘ladi. Karbonat kislotaning vodorod ionlari kanalcha
bo‘shlig‘iga chiqadi va u yerda bikarbonat anionlari bilan bog‘lanadi;
bu anion chiqadi va u yerda bikarbonat anionlari bilan bog‘lanadi; bu
anionlarga teng miqdordagi natriy buyrak kanalchalari hujayralariga
tushadi. Kanalcha bo‘shlig‘ida hosil bo‘lgan H
2
CO
3
oson CO
2
va H
2
O
ga parchalanadi va organizmdan chiqariladi.
Natriyni organizmda saqlanishini ta’minlovchi uchinchi jarayon –
buyraklarda ammiakni hosil bo‘lishi. U boshqa kationlar o‘rniga teng
miqdordagi nordon moddalarni neytrallash va chiqarib yuborish uchun


421
sarflanadi. Buning asosiy manbai bo‘lib glutaminni dezaminlash
jarayoni, shuningdek aminokislotalarni, asosan glutamatni, oksidlanishi
bilan boruvchi dezaminlanishi hisoblanadi.
Glutaminni parchalanashi glutaminaza fermenti ishtirokida borib,
bunda glutamat va erkin ammiak hosil bo‘ladi. Glutaminaza odamni
turli a’zo va to‘qimalarida topilgan, lekin uni eng yuqori faolligi buyrak
to‘qimasida aniqlangan. Siydik va qondagi vodorod ionlari
konsentratsiyasini nisbati 800:1 bo‘lib, buyrakni organizmdan vodorod
ionlarini chiqarish qobiliyatini juda yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Organizmda vodorod ionlari to‘planishiga moyillik bo‘lgan holatlarda
bu jarayon kuchayadi.
Quyidagi kimyoviy jarayonlar yordamida amalga oshiriladi:
1. Gidrofosfatni digidrofosfatga aylanishida natriyning reabsorbsiyasi.
2. Kanalchalarda bikarbonatlarni karbonat kislotaga aylanishi.
3. Glutaminaza fermenti ta’siri ostida glutamindan erkin ammiakning
hosil bo‘lishi va uning boshqa kationlar o‘rniga neytrallanish
reaksiyalarida qatnashishi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin