Biokimyo pmd


Siydikni azotsiz organik tarkibiy qismlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Siydikni azotsiz organik tarkibiy qismlari 
– bu shavel, sut va limon
(sitrat), shuningdek moy, valeriana, qahrabo (suksinat), 
β
-oksimoy,
atsetosirka va boshqa kislotalar. Sutkalik siydikda organik kislotalarni
umumiy miqdori odatda 1 g dan ortmaydi.
Me’yoriy sutkalik siydikda bu kislotalarni miqdori milligrammlarga
to‘g‘ri keladi, shuning uchun ularni miqdorini aniqlash juda
murakkabdir. U yoki bu holatlarda ular ko‘pchiligini chiqarilishi
ko‘payadi va ularni aniqlash siydikda oson kechadi. Masalan: kuchli
mushak ishida sut kislota miqdori, alkalozda – sitrat va suksinat miqdori
ortadi.
Siydikning anorganik (mineral) tarkibiy qismlari
– qon va
organizmni boshqa to‘qimalari tarkibiga kiruvchi barcha mineral
moddalar siydik tarkibida bo‘ladi. Sutkalik siydik quritilganda hosil
bo‘lgan 50–65 g quruq moddani 15–25 g anorganik moddalarga to‘g‘ri
keladi.
Natriy va xlor ionlari
– me’yorda ovqat bilan qabul qilingan
xloridlarni 90% (bir sutkada 8–15 g NaCl) siydik bilan chiqariladi. Ba’zi
patologik holatlarda (surunkali nefrit, diareya, o‘tkir bug‘im revmatizmi
va boshqalar) siydik bilan xloridlarni chiqarilishi pasayadi. Na
+
va Cl
+
ionlarini maksimal konsentratsiyasi (siydikda 340 mmol/l) organizmga
ko‘p miqdorda gipertonik eritmalar yuborilgandan keyin kuzatilishi
mumkin.
Kaliy, kalsiy va magniy ionlari – 
ko‘pchilik tekshiruvchilar
koptokcha filtratida bo‘lgan kaliy ionlarini barchasi nefron proksimal
qismida birlamchi siydikdan qayta so‘riladi deb hisoblaydilar. Distal
segmentda kaliy ionlarini sekretsiyasi yuz beradi. U asosan kaliy va
vodorod ionlarini almashinuvi bilan bog‘liqdir. Demak, organizmda
kaliyni kamayishi nordon siydikning ajralishi bilan boradi.
Ca
2+
va Mg
2+
ionlari buyrakdan kam miqdorda ajraladi. Organizmdan
chiqarilishi kerak bo‘lgan Ca
2+
va Mg
2+
ionlarini taxminan 30% siydik


430
orqali ajratiladi. Ishqoriy yer metallarini asosiy qismi najas orqali
chiqariladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin