Biokimyo pmd


«fiziologik kreatinuriya»



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

«fiziologik kreatinuriya»
bo‘lishi
mumkin. Ehtimol, go‘daklar siydigida kreatinni paydo bo‘lishi, muskul
rivojlanishga nisbatan, kreatin sintezini kuchayishi bilan bog‘liqdir.
Ba’zi tekshiruvchilar fiziologik holatga qariyalardagi mushak atrofiyasi
va jigarda hosil bo‘lgan kreatinning to‘liq foydalanmasligi natijasida
kelib chiquvchi kreatinuriyani ham kirgizadilar. Kreatinni siydikda eng
ko‘p miqdorda saqlanishi mushak sistemasi patologik holatlarida,
avvalambor miopatiya yoki progresslanuvchi mushak distrofiyasida
kuzatiladi.
Miopatiyali bemorlar siydigida kreatinni paydo bo‘lishi skelet
mushagida uning fiksatsiyasi va fosforillanishining buzilishi natijasida
vujudga kelishi mumkin. Fosfokreatin sintez jarayoni buzilgan bo‘lsa,
kreatinin hosil bo‘lmaydi; uning miqdori siydikda keskin kamayadi.
Kreatinuriya natijasida va kreatinin sintezi buzilishi siydikda kreatin
ko‘rsatkichini keskin oshiradi: (kreatin miqdori+kreatinin miqdori/
kreatinin miqdori). Me’yorda bu ko‘rsatkich 1,1ga yaqin.
Ma’lumki, kreatinuriya jigar jarohatlanganida, qandli diabetda,
endokrin o‘zgarishlarda (gipertireoz, addison kasalligi, akromegaliya
va boshqalar), yuqumli kasalliklarda kuzatilishi mumkin.
Aminokislotalar –
sutkalik siydikda 1,1 g atrofida bo‘ladi. Qon va
siydikdagi ayrim aminokislotalar miqdorini nisbati bir xil emas. Siydik
bilan ajralayotgan u yoki bu aminokislotalarni miqdori uning qon
plazmasidagi miqdori va kanalchalardagi reabsorbsiya darajasiga
bog‘liq. Siydikda glitsin va gistidinni konsentratsiyasi eng yuqori, keyin
glutamin, alanin va serinning miqdori turadi.
Giperaminoatsiduriya
– jigar parenximasi kasalliklarida uchraydi.
Bu jigarda dezaminlanish va transaminlanish jarayonlarini buzilishi bilan
tushuntiriladi. Giperaminoatsiduriya, shuningdek, og‘ir yuqumli


428
kasalliklar, saraton, katta jarohatlar, miopatiya, komatoz holatlar,
gipertireoz, kortizon va AKTG bilan davolaganda va boshqa holatlarda
kuzatiladi.
Ayrim aminokislotalar almashinuvini buzilishlari ham ma’lum.
Ko‘pchilik bu buzilishlar tug‘ma yoki irsiydir. Fenilketonuriya misol
bo‘lishi mumkin. Kasallikning sababi – jigarda fenilalanin – 4
monooksigenazani irsiy yetishmovchiligi, buning natijasida
fenilalaninning tirozinga aylanishi sodir bo‘lmaydi. Bu holda
organizmda fenilalanin va ketohosilalari to‘planadi, siydik bilan ko‘p
miqdorda ajraladi. Fenilketonuriyani temir xloridi yordamida aniqlash
juda oson: siydikka bir necha tomchi temir xlorid eritmasi qo‘shilganida
2-3 daqiqadan so‘ng zaytun-yashil rang hosil bo‘ladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin