445
1 sekundli ishga yetadi. Bundan 1 g muskulga har sekundda 5 mkmol
atrofida ATF sintezlanib turishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Mana
shunga asoslanib, tanadagi muskullarning 1/3 qismi (taxminan 10 kg
muskul) ishga tushadigan va ish 10 daqiqa davom etadigan bo‘lsa, shu
vaqt ichida 1,5 kg atrofida ATF sintezlanishini (va xuddi shunchasi
ADFga aylanishini) hisoblab chiqish mumkin.
Bu raqam taxminiy bir
kattalik bo‘lib, ko‘p darajada ishning jadalligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yurak muskuli bir kecha-kunduzda 100000 martadan ko‘ra ko‘proq
qisqarib, 7200 l atrofida qonni haydab beradi. Miokard tuzilishi va
xossalari jihatidan qizil skelet muskullariga o‘xshaydi. Yurak
muskulidagi energiya almashinuvining xususiyati uning tabiatan
butunlay deyarli aerob bo‘lishidir.
Yurak mushagida ATF va kreatinfosfatning
miqdori skelet
mushagiga nisbatan kam, ATFning sarflanishi esa yuqori. Shuning uchun
miokardda ATFning resintezi skelet mushagiga nisbatan jadalroq boradi.
Yurak mushagi uchun energiyaga boy fosforli
birikmalarning hosil
bo‘lish yo‘li bo‘lib, kislorodni sarflanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
oksidlanuvchi fosforlanish hisoblanadi. Shuning uchun ham yurak
mushagi kislorodning yetishmovchiligiga juda sezgir.
Skelet mushagiga nisbatan yurak mushagidagi modda
almashinuvining o‘ziga xos tomoni bo‘lib, unda yog‘ kislotalarining
oksidlanishi hisoblanadi. Yurak mushagida yog‘
kislotalarning
oksidlanishi uchun 65-70%, uglevodlarning oksidlanishi uchun esa 30-
35% kislorod sarflanadi. Olein kislota miokardda juda yaxshi
oksidlanadi.
Dostları ilə paylaş: