439
Bu kompleks aktin filamentlariga birikadi va skelet mushagi
aktomioziniga kalsiy ionlariga sezuvchanlik xususiyatini beradi.
Tropomiozin-troponin kompleksini faol filament bilan ta’sirini quyidagi
sxema bilan ko‘rsatish mumkin.
Troponin (uning TN-T va TN-I subbirliklari) s-AMF ga bog‘liq
proteinkinazalar ishtirokida fosforillanish qobilyatiga ega.
Mushak qisqarishi kimyoviy mexanizmini tushuntirish bo‘yicha
ko‘p gipotezalar taklif etilgan. Ularning hammasi uchun umumiy bo‘lib,
katabolizm davrida ajralayotgan kimyoviy energiyaning mexanikka
aylanishi hisoblanadi.
Mushak qisqarishi davrida aktin iplari M-chiziqlarga qarab miozin
iplari orasiga kiradi:
Mushak qisqarish muammosi o‘z ichiga 3 aspektni oladi:
1. Energetik.
2. Morfologik (mushak tolalarini mikro va submikrostrukturasi
o‘zgaradi).
3. Biofizik-kimyoviy energiya mexanik energiyaga transformatsiya
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: