Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

121-rasm.
Kollagen biosintezi


452
Prokollagen va tropokollagen zanjirlari qator posttranslyatsion
modifikatsiyalarga uchraydi, ular kollagenning o‘ziga xos strukturasini
shakllanishida muhimdir. Oksiprolin va oksilizin prokollagen
molekulasida biosintez davrida bo‘lmaydi. Ular prolin va lizinni
gidroksillanishi natijasida, kollagen mRNKsi translyatsiyasi davrida
ribosomalarda polipeptid ajralguncha sodir bo‘ladi va uch spiralli
struktura hosil bo‘lgandan keyin bu jarayon tugaydi. Gidroksillanish
reaksiyalari prolingidroksilaza, lizingidroksilaza ta’sirida boradi, ular
mikrosoma membranalari bilan bog‘langan bo‘lib, Fe
+2
, askorbat kislota,
α
-ketoglutarat, O
2
ishtirokida reaksiya boradi:
Askorbat kislota yetishmovchiligi asosan mezenximal hujayralar
funksiyasining buzilishi bilan bog‘liqdir. Kollagen va xondroitinsulfat
sintezi buziladi. Hosil bo‘lgan kollagenda oksiprolin kam bo‘ladi. Og‘ir
kechuvchi singada biriktiruvchi to‘qima asosiy moddasining hosil
bo‘lishi buziladi, bu to‘qima asosiy strukturalarining depolimerlanishi
va erishi vujudga keladi, natijada davolangan eski yaralar ochilishi
mumkin.
Kollagenning yarim yashash davri bir necha hafta, oydir.
Elastin
Elastin biriktiruvchi to‘qimaning ikkinchi asosiy oqsili. Kollagendan
farqli ravishda qaynatganda jelatina hosil qilmaydi. Uning aminokislota
tarkibi kollagendan farqlanadi. Elastin tolalari katta bo‘lmagan, deyarli


453
sferik molekulalarning qattiq ko‘ndalang bog‘lar bilan bog‘lanishi
natijasida qurilgan. Lizin ishtirokida ko‘ndalang bog‘larning 2 turi
aniqlangan. To‘rtta lizin qoldiqlaridan desmozin va izodesmozin deb
atalmish birikmalar hosil bo‘ladi.
Ular ko‘pincha 2 peptid zanjir o‘rtasida hosil bo‘ladi, lekin 3 yoki 4
peptid zanjirlardagi lizin qoldiqlaridan ham hosil bo‘lishi mumkin.
Avval 3 lizin qoldig‘i 
ε
-aldegidgacha oksidlanadi, keyin esa to‘rtinchi
lizin qoldig‘i bilan kondensatsiyalanadi. Natijada desmozin yoki
izodesmozin hosil bo‘ladi. Desmozin va izodesmozin ko‘ndalang bog‘lar
hosil qilishda qatnashadi. Ko‘ndalang bog‘lar hosil qilishda
lizinnorleytsin ham qatnashadi.
Nativ elastin iplari tripsin yoki ximotripsin ta’sirida hazmlanmaydi,
lekin pepsin ta’sirida pH 2da sekin gidrolizlanadi. Oshqozon osti bezida
proelastaza ishlab chiqariladi. U tripsin ta’sirida elastazaga aylanadi va
alifatik aminokislota karboksil guruhi hosil qilgan peptid bog‘larini
gidrolizlaydi. Elastin kollagen, proteoglikan va qator gliko- va
muko‘proteinlar bilan birga fibroplastlar biosintetik faoliyatini mahsuloti
hisoblanadi. Hujayra biosintezini bevosita mahsuloti bo‘lib elastin,
uning o‘tmishdoshi bo’lib esa proelastin hisoblanadi (kollagenda –


454
prokollagen). Tropoelastin ko‘ndalang bog‘lar saqlamaydi, eruvchan.
Keyinchalik tropoelastin yetilgan elastinga aylanadi, erimaydi, ko‘p
miqdorda ko‘ndalang bog‘lamlar saqlaydi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin