Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Proteoglikanlar
 
Biriktiruvchi to‘qima hujayradan tashqari moddasini proteoglikanlar
hosil qiladi va to‘qima quruq massasining 30% ini tashkil etadi. Bular
yuqori molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan polianion moddalar bo‘lib,
katta miqdorda turli geteropolisaxarid yon zanjirlarini tutadi. Polipeptid
o‘zan bilan kovalent bog‘langan. Oddiy glikoproteinlardan farqli
ravishda proteoglikanlar 95% gacha uglevodlarni saqlaydi. O‘z
xususiyatlari bo‘yicha oqsillardan ko‘ra polisaxaridlarga ko‘proq
o‘xshaydi. Proteoglikanlar polisaxarid guruhlarini proteolitik ferment
ta’sir etib ajratib olish mumkin. Bu guruhlarni avval muko‘polisaxaridlar
deb atalar edi. Bugungi kunda ularni glikozaminoglikanlar deyiladi,
chunki ularning hammasi glyukozamin yoki galaktozaminni saqlaydi.
Glikozaminoglikanlarni 6 ta asosiy sinfi tafovut etiladi: gialuronat
kislota, xondroitin-4-sulfat, xondroitin-6-sulfat, dermatansulfat,
keratansulfat I va II, geparan sulfat va geparin.
 Gialuronat kislota
Bu glikozaminoglikanning qaytariluvchi
disaxarid birligi quyidagi strukturaga ega:
D-glyukuron kislota qoldig‘i N-atsetilglyukozamin
qoldig‘i
Molekulyar og‘irligi 10
5
dan 10
7
gacha. Ko‘pchilik to‘qimalarda
kam miqdorda uchraydi, lekin proteoglikan agregatlarini hosil qilishda
muhim struktural vazifa bajaradi.
Xondroitinsulfatlar
Keng tarqalgan glikozaminlar – xondroitin-4-
sulfat va xondroitin-6-sulfat N-atsetilgalaktozamin 4- yoki 6-gidroksil
guruhida sulfat efirining joylashishi bilan farqlanadi:


455
Molekulyar og‘irligi 1.10
4
–6.10
4
, ko‘pchilik preparatlar polidispers
hisoblanadi. Turli to‘qimalardan ajratilgan preparatlarning sulfatlanish
darajasi turlidir. To‘qimalarda xondroitin-4-sulfat yoki xondroitin-6-
sulfat, yoki ularni aralashmasi bo‘ladi. Qaytariluvchi disaxarid
birliklardan 
tuzilgan zanjir polipeptid o‘zandagi serin bilan kovalent
bog‘langan. Bunda qo‘shimcha fragment bo‘lib trisaxarid galaktozil-
galaktozil – kisloza hisoblanadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin