Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Yüklə 18,2 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü18,2 Kb.
#114545
Ammiak


Ammiak


Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ammiak — NH3azotning vodorod bilan hosil qilgan eng oddiy birikmasi; oʻtkir hidli, rangsiz, zaharli gaz, kaynash temperaturasi 33,35 °C, suyuqlanish temperaturasi — 77,7 °C. Bir litr ammiakning ogʻirligi 0,7713 g, suvda yaxshi eriydi. Ammiakning suvdagi eritmasi kuchsiz asos. U tabiatda sof holda nihoyatda oz miqdorda uchraydi, azotli organik moddalarning parchalanishidan hosil boʻlib turadi. Ammiak toshkoʻmirni quruq haydashda qoʻshimcha mahsulot sifatida olinadi, ammo, asosan, azot bilan vodoroddan sintetik usulda hosil qilinadi:
N2 + 3H2⇄2NH3  + 91,84 кДж,
reaksiya faollovchi oksidlar (Al2O3, K2O, CaO, SiO2MgO) yordamida suyuqlantirilgan Fe3O4-dan qaytarish usuli bilan olingan temir (katalizator) ishtirokida, 300-1000 atm bosim va 500-550 °C temperaturada olib boriladi. Laboratoriyada ammoniy tuzlaridan olinadi. Ammoniy tuzlari, mas, (NH4)2SO4, NH4NO3 ishqoriy metall tuzlariga oʻxshaydi, lekin ishqorlar taʼsir etganida Ammiak ajralib chiqadi. Ammiakning suvdagi eritmasi novshadil spirtdir. Ammiak asosan nitrat kislota olishga sarflanadi.
Ammiak ham, ammoniy tuzlari singari qishloq xoʻjaligida oʻgit sifatida ishlatiladi. Undan sovituvchi vosita sifatida ham foydalaniladi. Ammiak Oʻzbekistonda — ChirchiqFargʻona va Navoiy kimyo kombinatlarida sintez qilinadi, buning uchun lozim boʻlgan azot havodan, vodorod esa Buxoro tabiiy gazidan konversiya usuli bilan olinadi.
Yüklə 18,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin