Biokimyo pmd


Proteoglikanlar biosintezi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Proteoglikanlar biosintezi
Proteoglikanlarni oligosaxarid fragmentlari glikoziltransferazalarni ketma-
ket ta’siri natijasida sintezlanadi. Bu fermentlar nukleotid-uglevoddan
monosaxaridlarni tegishli akseptorni boshqa uglevod yoki polipeptiddagi
aminokislota qoldig‘iga o‘tkazilishini katalizlaydi. Oligosaxarid qism
bosqichma-bosqich, har gal 1 ta qoldiqqa uzayadi (122-rasm).
Xondroitinsulfat biosintezida 6 xil glikoziltransferaza va 1 ta
sulfotransferaza qatnashadi. Glikozillash sekretor hujayralarni Golji
apparatida vujudga keladi. Ribosomadan ajralgan proteoglikanni
polipeptid zanjiri endoplazmatik retikulum kanallari bo‘yicha Golji
apparatiga o‘tadi, u yerda membranalar bilan bog‘langan tranferazalar
ketma-ket oligosaxarid guruhlarni sintezini boshlaydi. Sintezlangan
molekulalar Golji apparatidan hujayra plazmatik membranasi sohasiga
o‘tadi va hujayradan chiqariladi.
122-rasm.
Proteoglikonlar biosintezi


458
To‘qimadan ajratilgan proteoglikanlar proteoglikan agregatlari
deb ataladi. Ularning asosiy qismini proteoglikan subbirliklari tashkil
etadi. Gialuron kislota va bog‘lovchi oqsil umumiy massasining
1%ini tashkil etadi. Polipeptid zanjir proteoglikan subbirligining
o‘zani hisoblanadi. Proteoglikan agregatlari tuzilishi bo‘yicha butilka
yuvadigan shyotkaga o‘xshaydi.
Proteoglikan subbirliklari elektrostatik bog‘lanishlar hisobiga
kollagen bilan bog‘lanadi.
 Proteoglikanlar funksiyasi
Turli proteoglikanlar polivalent anionlar bo‘lib, o‘ziga kationlarni
tortadi va bog‘lab oladi. K

va Na

ionlari ham mustahkam
bog‘langanligi uchun ularning ion xususiyatlari namoyon bo‘lmaydi.
Barcha proteoglikanlar agregatsiyaga moyil, bu jarayon polivalent
katoinlar, masalan Ca
+2
ta’sirida kuchayadi. Uzun zanjirlar, ayniqsa,
gialuron kislota zanjirlari, betartib o‘ralib, katta masofani egallaydi
va ular asosan suv bilan to‘ldirilgan. Bu joyga past molekulalar yoki
ionlar kirishi mumkin, lekin katta molekulalar (masalan, albumin)
kira olmaydi.
Gialuron kislota eritmalari yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega
bo‘lib, bo‘g‘imlarda surkovchi modda vazifasini bajaradi. Revmatik
kasallarda bo‘g‘im suyuqligi yopishqoqligining o‘zgarishi
proteoglikanlar strukturasida o‘zgarish natijasidir. Proteoglikanlar
tashqi bosim ta’sirida suvning harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatadi
va to‘qimalarga elastiklik, siqilishga nisbatan chidamlilik beradi.
Ular molekulyar elaklar sifatida funksiyalanadi, yirik ionlarni
harakatlanishini chegaralaydi, proteoglikan domenlari orasiga
albumin va immunoglobulin hajmiga ega bo‘lgan molekulalarning
kirishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Gialuron kislota morfogenezda ishtirok etib, embriogenezda
mezenximal hujayralarning agregatsiyasini boshqaradi. Yoshga
bog‘liq holda hujayralarda proteoglikanlar tarkibi o‘zgaradi.
To‘qimalarda keratansulfatlar konsentratsiyasi hayot davomida
ortadi, lekin tog‘ay va umurtqalararo disklarda xondroitin sulfat,
shuningdek terida gialuron kislota miqdori kamayadi. Turli yoshlarda
organizmga o‘sish gormoni kiritilsa, proteoglikanlar sintezi va
ularning tarkibi yosh organizmnikidek bo‘ladi. O‘sish gormonining


459
ta’siri somatomedin orqali amalga oshiriladi va bunda tog‘ay
hujayralarining proliferatsiyasi tezlashadi va proteoglikanlarga
sulfatlarning kiritilishi stimullanadi. Testosteron ta’sirida qator
to‘qimalarda (yurak klapani, teri) gialuron kislota sintezi tezlashadi.
Revmatizm yoki artrit bilan jarohatlangan bo‘g‘im sinovial
suyuqligida gialuron kislotaning miqdori me’yoridan ko‘p, lekin
depolimer kiritilganda gialuron kislotaning repolimerlanishi
kuzatiladi va uning de novo sintezi keskin pasayadi. Qandli diabetda
infeksiyalarga moyillik, yaralar bitishining pasayishi, tomirlar
degeneratsiyasining tezlashishi organizmning muko‘polisaxaridlarni
sintezlash qobiliyatining pasayishi bilan bog‘liqdir.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin