Ya. A. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari tahlili. Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rin egallaydi



Yüklə 26,05 Kb.
səhifə1/3
tarix07.10.2023
ölçüsü26,05 Kb.
#152801
  1   2   3
Ya.A.Komenskiyning asar tahlili



Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari tahlili.

Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o’qitish, ya’ni didaktika katta o’rin egallaydi. Uning didaktikasida tabiiylik metodi asosiy rol o’ynab, bu metodning mohiyati, bolaning yoshini, bilim hajmini, psixologik xususiyatlarini hisobga olib, darsni tabiat borlig’iga moslab o’tishdan iboratdir.

Masalan: Qush o’ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq bo’lishi kerak. Maktab ham xuddi shunday bo’lishi kerak.

«Buyuk didaktika» da didaktik printsiplar berilib, dars jarayonida o’qituvchi qo’llash kerakligi ko’rsatiladi. Komenskiy ko’rsatmalilik printsipini nazariy jihatdan isbotlab berdi. U bu printsipni faqat ko’rsatib o’qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi.

Ko’rsatmalilikni o’qitishning «Oltin qoidasi» deb atadi. Ko’rsatmalilik printsipida:

a) bolaga real narsalarni ko’rsatish, b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, v) narsalar modelini ko’rsatish, g) o’qituvchining so’zi. Komenskiy «Mir chuvstvenno’x vehey v kartinkax», («Dunyodagi narsalarning rasmlarda aks etishi») asarida o’qitilayotgan, o’rganilayotgan narsalarni ushlash, ko’rish, eyish, hidlash kerakligini aytib, bu o’rganilayotgan materialni chuqur bilishiga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi, deydi.
Komenskiy onglilik printsipini o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aql-idrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hech bir narsani zo’rlab yodlatmaslik kerak». O’quvchilar «O’rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda etkazishini o’qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. Shu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani to’la tushuntirib bo’lguncha, shu narsa ustida to’xtamoq kerak» deb hisoblaydi.

Komenskiy ta’limning tizimli bo’lishini talab qiladi. O’qitilayotgan material o’quvchilarga asosiy qoidalar tariqasida lo’nda bayon qilinishi kerak. O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va misollarni qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi. Konkretdan abstraktga, ya’ni mavhumga osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak; avval narsa, ya’ni hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini ayrim-ayrim o’rganish kerakligini ko’rsatadi.

Izchillik printsipida kun, oy, yilga vazifa qo’yish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda a) aniq vaqtni belgilash, b) o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi v) material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni bugungi material ertagi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.

Komenskiy materialni mustahkam, asosli o’zlashtirib olishlariga katta ahamiyat berib, «mustahkam asos» vujudga keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog’lagan holda olib borish lozim, deydi. Har bir mavzu qisqa, aniq qoidalar asosida berilishi kerak.

O’tilgan materialni mashq qildirish va takrorlatish o’quvchilarni materialni mustahkam o’zlashtirishiga olib keladi. Takrorlangan dars materiali esda yaxshi saqlanib qoladi. Ovoz chiqarib takrorlashning foydasi ko’pligini ko’rsatadi. Mashqlar o’rnida bir qancha qoidalarni belgilab, takrorlash yo’llarini aniqlab beradi. O’qitishda taqrib bilan tahlilni bir-biriga qo’shib olib borish kerakligini ko’rsatadi.


Yüklə 26,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin