54
Kisloroddan tashqari gemoglobin boshqa gazlar, xususan CO, NO
va boshqalar, bilan ham oson birikadi. Uglerod oksid bilan
zaharlanganda gemoglobin u bilan oson birikadi va karboksigemoglobin
(HbCO) hosil qiladi. Bunda gemoglobinning COga birikish qobiliyati
yuqori bo‘lganligi uchun kislorodga bog‘lanish qobiliyatini yo‘qotadi
va to‘qimalarning kislorod bilan yetarli ta’minlanmasligidan o‘lim sodir
bo‘ladi. Lekin nafas olinayotgan havo tarkibida kislorod parsial
bosimining tez ko‘tarilishi natijasida gemoglobindan COni siqib
chiqarish va o‘limning oldini olish mumkin.
Azot oksidi, nitrobenzol bug‘i va boshqa birikmalar bilan
zaharlanganda gemoglobinning bir qismi uch valentli temir saqlovchi
metgemoglobingacha (HbOH) oksidlanadi. Metgemoglobin o‘pkadan
to‘qimalarga kislorod tashish qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun,
metgemoglobinemiyada (oksidlovchilar bilan zaharlanish natijasida)
zaharlanish darajasiga bog‘liq ravishda kislorod yetishmasligidan
o‘limga olib keladi. Agarda, vaqtida yordam berilsa, ya’ni kislorodning
parsial bosimi ko‘tarilsa (toza kislorod bilan nafas oldirish), bunda
bemorni xavfli holatlardan chiqarish mumkin.
Gemoglobin turli unumlarini sifat jihatidan aniqlashning eng yaxshi
usuli bo‘lib, ularni nur yutish spektrini tekshirish hisoblanadi.
Transferrinlar (siderofilinlar) – murakkab oqsillar guruhi bo‘lib, turli
manba’lardan ajratilgan va mustahkam temir ionlari Fe (III) va boshqa
o‘zgaruvchan metallarni bog‘lash qobiliyatiga ega. Bu guruh oqsillardan
eng yaxshi o‘rganilgani qon zardobi transferrinidir. Transferrinning
vazifasi gemoglobin biosintezi sodir bo‘ladigan retikulotsitlarga temir
ionini transport qilish. Transferrin – retikulotsit sistemasi metallning
oqsil va oqsil molekulasining hujayra bilan ta’sirini o‘rganishda
ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: