Biokimyo pmd


Genetik kod va uning tarkibi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Genetik kod va uning tarkibi
Bir gen – bir oqsil (bir sistron – bir polipeptid zanjir) konsepsiyasi
ma’lum fermentning sintezlanishini nazorat qiluvchi genning
yo‘qligidan kelib chiquvchi nasliy metabolik yetishmovchiliklarni
o‘rganish natijasida kelib chiqadi. Bunday nasliy kasalliklarga:
fenilketonuriya, tirozinoz, albinizm va boshqalar kiradi. Bularda genning
o‘zgarishi metabolik yetishmovchilikka olib keladi. Bir genning
mutatsiyasi bir spetsifik ferment aktivligining yo‘qolishiga olib keladi.
Bu ma’lumotlar »bir gen – bir ferment» konsepsiyasini taklif etishga
asos bo‘ldi. Bunday tekshirishlar mutant viruslar, bakteriyalar, yuqori
o‘simlik va hayvonlarda ham o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda bu konsepsiya
»bir gen – bir polipeptid zanjir» deb o‘zgartirilgan, chunki ko‘p zanjirli
oqsillar har xil xromosomalarda joylashgan bir necha genlar nazoratida
sintezlanadilar.
DNK va polipeptid zanjir kollineardir, ya’ni aminokislota kodlarining
DNKda joylashish tartibi aminokislotaning oqsil polipeptid zanjirida


95
joylashish tartibi bilan bir xil bo‘ladi. Bu mRNK uchun ham taalluqlidir.
Genetik xaritaning va aminokislota ketma-ketligining qat’iy kollinearligi
triptofan sintetazaning strukturasini o‘rganishda aniqlangan.
Genetik axborotni o‘tkazish 3 bosqichda boradi:
1. Replikatsiya – DNKdan yangi o‘xshash DNK nusxasini hosil
qilish.
2. Transkripsiya – DNKdan genetik axborotni mRNKga ko‘chirilishi.
3. Translyatsiya – mRNKdan axborotni oqsil strukturasiga o‘tkazish
(28-rasm).
Genetik (biologik) kod. Nuklein kislotalar 4 xil turdagi
nukleotidlarning ketma-ket joylashishidan, oqsillar esa 20 xil
aminokislotaning ketma-ket joylashishidan tuzilgan. Polipeptid
zanjirdagi har bir aminokislota DNK yoki RNKdagi bir yoki bir necha
nukleotid yordamida polipeptid zanjirga biriktiriladi. Agar har bir
nukleotid bitta qandaydir aminokislotani biriktirgan bo‘lsa, sistema
faqatgina 4 xil aminokislotani biriktira oladi. Agarda bir aminokislotani
polipeptid zanjiriga kodlashtirishda 2 xil nukleotid kombinatsiyasi
ishtirok etsa, sistema 16 aminokislotani biriktirishi mumkin. Bu
sistemadagi 16 ta nukleotidlar dupleti 20 ta aminokislota uchun yetarli
emas (4

=16). Shu sababli har bir aminokislotani biriktiruvchi nukleotid

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin