SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR Vitamin B 1 Vitamin B
1
(tiamin, antinevrit) 1912 yilda K. Funk tomonidan kristall
holatda ajratilgan birinchi vitamindir. Keyinchalik u kimyoviy yo‘l bilan
sintezlangan. Vitamin B
1
molekulasida aminogruppa bilan oltingugurt
saqlagani uchun tiamin deb nomlangan. Uning molekulasida pirimidin
va tiazol xalqalari metilen bog‘i yordamida bog‘langan. Tiamin
yetishmaganda Osiyo va Xindi–Xitoy davlatlarida keng tarqalgan
kasallik – «Beri-beri» rivojlanadi. Avitaminoz B
1
belgilari: oshqozon-
ichak yo‘li motor va sekretor vazifasi buziladi; xotira pasayadi;
gallyutsinatsiya kuzatiladi; yurak-qon tomir faoliyati o‘zgaradi; periferik
nerv sistemasi jarohatlanadi; keyinchalik paralichlar rivojlanadi.
Biologik vazifasi: Vitamin B
1
TPF holatida piruvat va
ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari, transketolaza tarkibiga kiradi.
Oksiketoglutar kislota degidrogenazasining kofermenti bo‘lib TPF
hisoblanadi. Bu modda fermentlar tarkibiga koferment sifatida kiradi:
piruvatdegidrogenaza va a-ketoglutaratdegidrogenaza ferment
komplekslaridir. Bu komplekslar mitoxondriyalarda piruvat va a-
ketoglutaratni oksidlanishini ta’minlab, uglevodlar va
aminokislotalardan energiya hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ma’lumki,
transkelotaza glyukozani pentozofosfat yo‘li oksidlanishida ko‘p
miqdorda NADF.H va ribozo-5-fosfatni hosil qiladi. NADF.H va ribozo-
5-fosfatlar esa yog‘ kislotalar, steroidlar, moddalarni zararsizlantirish,
nuklein kislotalar, nukleotidlar va kofermentlar sintezida ishtirok
etadilar. Bu jarayonlarni buzilishi modda almashinuvini izdan
chiqaradi.Tabiatda tarqalishi va sutkalik extiyoji: Xamirturish, qora non,
guruch, no‘xot, loviya kepagi, jigar, buyrak, miyada ko‘p saqlanadi.
Sutkalik me’yori 1,2 – 2,2 mg (42-rasm, a).
Vitamin B 2 Vitamin B
2
(riboflavin) 1935-yilda R.Kun tomonidan sintezlangan.
Uning eritmalari sariq-qovoq rangga ega. Molekulasi asosida
geterotsiklik birikma – izoalloksazin yotadi, unga 9 holatda besh atomli
spirt ribitol birikkan.