Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
10.4.8. Vitamin P (o‗tkazuvchanlik vitamini, sitrin, rutin) 
Vitamin P (rutin, sitrin) 1936-yilda A.A.Sent-Dyordi tomonidan limon 
po‗chog‗idan ajratib olingan. Kapillarlarning (lotincha, ―permeability‖ ‒ 
―o‗tkazuvchanlik‖) chidamliligini oshirishga oid biologik faollikka ega bo‗lgan ―P 
vitamin‖ 
deb 
nomlangan 
moddalar 
guruhini: 
katexinlar, 
xalkonlar, 
degidroxalkonlar, flavinlar, flavononlar, izoflavonlar, flavonollar va boshqalarni 
birlashtiradi. Ularning barchasi P vitamini faolligiga ega va tuzilishi bo‗yicha asos 
sifatida xromon yoki flavonning difenilpropanli uglerod ―skeletlar‖ xizmat qilishi 
ularning umumiy ―bioflavonoidlar‖ deb nomlanishini asoslaydi. Quyida marjumak 
barglaridan ajratib olingan rutinning tuzilishi keltirilgan. 
Rutin
Vitamin P ning fiziologik ta‘siri kapillarlar devorini barqarorligini oshirish va 
o‗tkazuvchanligini kamaytirishdan iboratdir. Tabiatda u tarkibida C vitamini 
uchraydigan qora smorodina, apelsin, limon, na‘matak, choy kabi oziq-ovqat 
mahsulotlarida uchraydi. Vitamin P yetishmasligining alomatlari: umumiy 
holsizlik, kuchli charchoq, oyoq va yelka og‗rig‗i, shuningdek, terining qonashidir. 
Kundalik ehtiyoj to‗g‗risida aniq ma‘lumot yo‗q. 
10.4.9. Biotin (H vitamini) 
Birinchi marta biotin 1935-yilda tovuq sarig‗idan ajratib olingan. Biotinning 
biologik ahamiyati uning CO

ni faollashtiradigan fermentlar tarkibiga kirishi va u 
bilan bog‗liq holda, yog‗ kislotalari, xolesterin, nuklein kislotalarining azotli 
asoslari, aminokislotalar va boshqalarning almashinuvidagi ishtiroki hisoblanadi. 
Biotin molekulasi siydikchilning siklik hosilasi bo‗lib, uning yon zanjiri valerian 
kislotasidan tashkil topgan:


213 
Biotin karboksillanish va transkarboksillanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi
fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Ushbu reaksiyalar juda muhimdir, chunki 
ular yuhori yog‗ kislotalari, oqsillar, purin nukleotidlarini sintezi bilan bog‗liq. 
Biotin jigar, buyrak, sut va tuxum sarig‗ida mavjud. Kartoshka, piyoz, pomidor, 
ismaloq tarkibidagi o‗simlik mahsulotlarida ushbu vitamin mavjud bo‗lib, u ham 
erkin, ham bog‗langan holatda bo‗ladi. Odamlar va hayvonlar uchun muhim 
manba ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilingan biotin hisoblanadi. 
Odamlarning biotinga bo‗lgan kunlik ehtiyoji 0,25 mgni tashkil qiladi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin