1
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
M.G. SAFIN
BIOKIMYO VA
MOLEKULYAR BIOLOGIYA
Darslik
SAMARQAND – 2021
2
UDK 577.1(075)
BBK 28072
Safin Mars Gabdulxakovich. Biokimyo va molekulyar
biologiya. Darslik. –
Samarqand, SamDU nashri, 2021. – 364 b.
Ushbu nashr uchun tavsiya qilinayotgan «Biokimyo va molekulyar
biologiya» darsligi, fanga oid eng zamonaviy materiallardan foydalanish asosida
yaratilgan, shuningdek unda sohaga tegishli eng keyingi fan yutuqlari o„z aksini
topgan. Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlari negizida yuqori
malakali biolog-bakalavr akademik darajali mutaxassislar tayyorlash uchun
nazarda tutilgan fanga oid ma‟lumotlarni to„liq qamrab olgan. Darslikda statik
va dinamik biokimyoning oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, karbonsuvlar,
lipidlar, vitaminlar, gormonlar va mineral moddalar haqidagi materiallar to„liq
bayon qilingan. Shuningdek unda funksional biokimyoning «Qon va jigar
biokimyosi», «Suv va mineral moddalarning almashinuvi», «Siydik biokimyosi» ga
oid materiallarning bayoni ham keltirilgan. Eng muhimi darslikda uni
nomlanishiga mos tarzda fan materiallari molekulyar biologiyaning zamonaviy
yutuqlari negizida amalga oshirilgan, ayniqsa uning oqsillar biosintezi,
bioenergetika, fermentativ kataliz, metabolizmning boshqariluvi qismiga oid
materiallarning bayoni molekulyar darajada amalga oshirilgan. Darslikdan
bo„lajak universitetlar va pedagogika institutlarini biologiya yo„nalishi talabalari
qatori,
tibbiyot,
veterinariya,
zootexniya,
farmatsevtika,
texnologiya
yo„nalishlarida ta‟lim oluvchi talabalar, magistrlar ham foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, darslikni biolog-o„qituvchilar, malaka oshirish fakultetlarining
tinglovchilari va umuman hayotiy jarayonlarning kimyoviy jihatlarini chuqurroq
tushunib olishga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun ham tavsiya qilish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |