Biokimyo va molekulyar biologiya


 BIOKIMYONING PREDMETI, VAZIFALARI



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

1. BIOKIMYONING PREDMETI, VAZIFALARI,
RIVOJLANISH TARIXI VA ISTIQBOLLARI 
 
1.1. Biologik kimyo fan sifatida 
Biologik kimyo – tirik organizmlar tarkibidagi moddalarning kimyoviy 
tabiati, ularning almashinuvi, shuningdek, bu almashinuv jarayonlarining organlar 
va to‗qimalar faoliyati bilan bog‗liqligini o‗rganadigan fan. Biokimyo uch 
qismdan tashkil topgan: 
a) statik biokimyo – tirik organizmlarning kimyoviy tarkibini o‗rganadigan 
fan; 
b) dinamik biokimyo – tirik organizmdagi modda va energiya almashinuvini 
o‗rganadigan fan; 
d) funksional biokimyo – turli hayotiy jarayonlarning asosini tashkil qiluvchi
kimyoviy o‗zgarishlarni hujayra, to‗qima, organ va yaxlit organizm miqyosida 
o‗rganadigan fan. 
Ammo shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ushbu bo‗limlar o‗zaro bir-biri bilan 
bevosita bog‗liq bo‗lib, zamonaviy biologik kimyoning u yoki bu qismini tashkil 
etadi. 
Hozirgi fan va texnikaning jadal rivojlanish davrida biologik kimyoni 
tadqiqot obyektlariga ko‗ra, tibbiyot biokimyosi, hayvonlar biokimyosi, o‗simliklar 
biokimyosi va mikroorganizmlar biokimyosi kabilarga ajratish mumkin. 
Shuningdek, ilmiy tadqiqot yo‗nalishlariga mos tarzda uning ayrim bo‗limlarini 
texnik biokimyo, evolyutsion biokimyo, kvant biokimyosi, enzimologiya, 
gormonlar biokimyosi, vitaminlar biokimyosi, oqsillar biokimyosi, lipidlar 
biokimyosi, nuklein kislotalar biokimyosi va boshqalarga ajratish mumkin.
Barcha tirik mavjudotlarda sodir bo‗ladigan biokimyoviy jarayonlar bo‗yicha 
umumiylik bo‗lishiga qaramay, hayvonlar va o‗simlik organizmlarida, ayniqsa, 
ulardagi moddalar va energiya almashinuvi tavsifida tubdan farqlanuvchi jihatlar 
mavjud. Modda va energiya almashinuvi yoki metabolizm ‒ tirik tizimlarning 
yashashi hamda o‗z-o‗zidan ko‗payishi uchun yo‗naltirilgan va organizmda sodir 
bo‗ladigan kimyoviy reaksiyalarning yig‗indisidir. Ma‘lumki, o‗simliklar o‗z 
tanasini tuzuvchi murakkab moddalar (uglevodlar, yog‗lar, oqsillar)ni suv, 
karbonat angidrid va minerallardan iborat bo‗lgan oddiy moddalardan hosil qiladi 
va bu xildagi sintetik faollik jarayoni uchun kerakli energiyani quyoshdan 
(fotosintez) oladi. Aksincha, hayvon organizmi faqat suv va mineral
komponentlardangina emas, balki tarkibida murakkab organik tabiatli moddalar ‒ 
oqsillar, yog‗lar, uglevodlardan tashkil topgan ozuqalarning ham bo‗lishiga 
muhtoj. Hayvonlarda hayotiy jarayonlarning namoyon bo‗lishi va tana tarkibiga 
kiradigan moddalarning sintezi murakkab organik moddalarning parchalanishi 



yoki oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiya evaziga yuz beradi. 
Organik modda tabiatli moddalarning yetkazilishi shart bo‗lmagan o‗simlik 
dunyosi vakillari 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin