Biokimyo va molekulyar biologiya


tibbiy  yoki fizologik kimyo



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

tibbiy 
yoki
fizologik kimyo
fani 
sifatida o‗qitila boshlandi. Biokimyoning rivojlanishiga rus olimi A.Y.Danilevskiy 
juda katta hissa qo‗shdi, u oqsillarning tuzilishini tadqiq qilar ekan, oqsillarning 
polipeptid nazariyasining asosiy mohiyatini tushuntirishga oid gipoteza yaratdi. 
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning birinchi yarmida faoliyat ko‗rsatgan buyuk 
nemis kimyogari E.Fisherning (1852-1919) ilmiy ishlari biokimyoning 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. U A.Y.Danilevskiyning
oqsillarning tuzilishini polipeptid nazariyasi haqidagi gipotezasini amaliy jihatdan 
to‗liq isbotlab berdi. E.Fisher oqsillar tarkibiga kiradigan, ya‘ni proteinogen 
aminokislotalarni kimyoviy tuzilishini, xossalarini to‗liq o‗rgandi. Bundan tashqari 
E.Fisher karbonsuvlarni, ayniqsa, monosaxaridlarning tuzilishi fermentlar 
ishtirokida o‗zgarishlarga duch kelishini tadqiq qildi. XX asrning boshlarida 
K.A.Timiryazov o‗z tadqiqotlarida fotosintez va o‗simliklarning mineral 
oziqlanishi masalalarini chuqur o‗rgandi. Akademik N.Bax o‗zining ilmiy faoliyati 
davomida
 
asosiy
 
e‘tiborni biokimyoning muhim muammolaridan biri ‒ nafas olish 
jarayonlari biokimyosini o‗rganishga qaratdi. Shunday qilib, yigirmanchi asrning 
boshlari barcha rivojlangan mamlakatlarda biokimyoga oid bir qator fundamental 
tadqiqotlar olib borildi. Xususan, bu o‗rinda rus olimlaridan V.I.Palladin, 
A.I.Oparin, S.P.Kostichev, D.N.Pryanishnikov, V.S.Gulevichlarning tadqiqotlari 
alohida e‘tiborga sazovordir. Xorij olimlari orasida NAD (nikotinamid adenin 



dinukleotid) kofermentini ajratib olgan A.Garden va V.Iongni, yog‗ kislotalarning 
beta oksidlanishini kashf etgan F.Knoopni ta‘kidlab o‗tish lozim. O‗tgan asrning 
20-30-yillarda O.Varburgning nafas olish fermentlari (sitoxrom oksidazalari, 
flavinli degidrogenazalari va boshqalar)ni ajratish va o‗rganish bo‗yicha amalga 
oshirilgan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega. 1933-yilda G.Krebs ornitin sikli 
orqali siydikchilni sintezlanishini va 1937-yilda uch karbon kislotalar siklini fanga 
ma‘lum qildi. A.Engelgard fosforillanish va oksidlanish jarayonlari o‗rtasida uzviy 
bog‗lanish borligini va A.E.Braunshteyn va M.G.Krismanlar transaminlanish
reaksiyasini aniqladi. 1953-yilda D.Uotson va F.Kriklar DNK ning ikki tomonlama 
spiral modelini taklif qilishdi. 
Biokimyoning keyingi rivojlanishi fanning ushbu sohasini boyitgan yirik 
kashfiyotlar bilan birgalikda yuz berdi. Bunga proteinlar kimyosiga oid tadqiqotlar, 
nuklein kislotalarni o‗rganish, ba‘zi fermentlar va gormonlarning sintezlanishi
membranalarning tuzilishi va xususiyatlarini o‗rganish kabilarni kiritish mumkin. 
Shuningdek, biologiyaning biotexnologiya, ayrim kasalliklarning biokimyoviy 
mexanizmlarini o‗rganish, immunokimyo kabi tarmoqlari jadal rivojlanish yo‗liga 
kirdi. Bu sohalarda samarali tadqiqot olib borgan rus olimlaridan 
A.N.Belozerskiy, A.S.Spirin, A.A.Bayev, Y.A.Ovchinnikov va A.E.Braunshteyn-
larni, uzoq xorijdagi olimlardan F.Senger, M.Nirenberg, S.Ochoa, G.Koran,
P.Mitchell, R.Merifeld va boshqalarni keltirib o‗tish mumkin.
Biologik kimyo rivojiga O‗zbekiston Respublikasi olimlari ham salmoqli 
hissa qo‗shdilar. Dunyo miqyosida mashhur biokimyogar sifatida tanilgan 
Y.X.To‗raqulov O‗zbekiston FA qoshidagi Biokimyo ilmiy tekshirish instituti va 
ilmiy maktabining asoschisi sanaladi va uning bu sohadagi xizmatlari alohida 
e‘tiborga loyiqdir. Bu buyuk olimning oqsillar va gormonlar, ayniqsa, qalqonsimon 
bez gormonlariga tegishli tadqiqotlarining natijalari Davlat mukofoti bilan 
taqdirlangan. O‗zbek akademiklari O.S.Sodiqov, A.P.Ibragimov, T.S.Soatovlar 
ham biorganik kimyo va biokimyoning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‗shdilar. 
Prof. L.N.Lapin va prof. M.A.Rishlar rahbarligida yaratilgan Samarqand 
biokimyogarlar maktabi tomonidan makro va mikroelementlarning hayotiy 
jarayonlardagi roli, taqsimlanishi bo‗yicha biogeokimyoviy hududiy vohalarga 
bo‗linishi, ularning organizmlardagi tanqislik va oshiqcha miqdordaligini tavsifiga 
oid keng qamrovli tadqiqotlar olib borildi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin