Biokimyo va molekulyar biologiya


 Tabiiy fanlar tizimida biokimyoning tutgan o‗rni



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
1.3 Tabiiy fanlar tizimida biokimyoning tutgan o‗rni 
Biologik kimyo barcha tabiiy va gumanitar fanlar bilan uzviy bog‗langan fan 
hisoblanadi. Barcha fanlar singari, biologik kimyo ham o‗zining rivojlanish 
tarixiga ega, uning rivojlanishi yuqorida qayd etilganidek, ilk davr ‒ Uyg‗onish 
davridan boshlanib, keyinchalik esa fiziologiyaning bir tarmog‗i sifatida shakllanib 


10 
kelayotgan davri va nihoyat, uchinchi ‒ mustaqil fanga aylanib, insoniyat ortdirgan 
barcha bilimlarning zamonaviy yutuqlarini mujassamlashtirgandan hozirgi 
kungacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Biokimyo va fiziologiyaning bir-biri 
bilan chambarchas bog‗liqligi ko‗plab yirik tadqiqotchilarning ishlarida o‗z aksini 
topgan. Asta-sekin biologik bilimlarning yig‗ila borishi munosabati bilan biokimyo 
fiziologiyaning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi va keyinchalik tamoman 
mustaqil va biologik tizim fanlaridan biri sifatida ajralib chiqdi. Biokimyo organik 
kimyo bilan chambarchas bog‗liq. Biokimyogarlar o‗z tadqiqotlarida tirik 
organizmlardan moddalarni ajratib oladilar, ularni tozalaydilar, tozalik (gomogen) 
holatini va xususiyatlarini aniqlaydilar, tuzilishi va kimyoviy tarkibini 
o‗rganadilar, zarurat bo‗lganda bu moddalarni sintezlaydilar. Shu darajagacha 
yetib kelgunga qadar organik kimyogarning va biokimyogarning tadqiqot uslublari 
bir xil. Lekin bundan keyin organik kimyogarning tadqiqoti nihoyasiga yetsa
biokimyogarning tadqiqotini eng muhim va qiziqarli tomoni ‒ tirik organizmarning 
umumiy metabolizmidagi ushbu birikmalarning o‗zgarishi, ularning hayotidagi 
rolini o‗rganish kabi tadqiqotlar boshlanadi. Yildan-yilga biokimyoning fizik va 
kolloid kimyo bilan aloqasi kengayib bormoqda. So‗nggi yillarda fizik-kimyoviy 
va fizikaviy usullar biokimyoviy tadqiqotlar ko‗lamining faollashuviga olib keldi. 
Bu uslublar jumlasiga: xromatografiya, elektroforez, rentgen-strukturaviy tahlillar, 
spektroskopiya, elektron paramagnitik rezonans (EPR), yadro magnit rezonansi 
(YMR) va nishonlangan atomlardan foydalanish usuli va h.k.lar kiradi. 
Matematikaning biokimyo bilan aloqadorlik jihati, unga matematik modellash 
uslubining keng joriy etilishi bilan bog‗liq bo‗lib, bunda biokimyoviy 
jarayonlarning bevosita va bilvosita tartibda sodir bo‗lishi va ushbu jarayonlarning 
boshqarilishi hamda ularning boshqarilish mexanizmlarini ko‗rib chiqilishi bilan 
izohlanadi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin