Biokimyo va molekulyar biologiya


autotrof organizmlar jumlasiga kiritilsa, hayvonlar geterotrof



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

autotrof
organizmlar jumlasiga kiritilsa, hayvonlar
geterotrof
organizmlar jumlasiga kiritiladi. Mikroblar orasida modda almashinuvi ham 
autotrof, ham geterotrof tarzda yuz beradigan turlari uchraydi. Shu bilan 
birgalikda, mikroblar hayvonlar va o‗simliklarda uchramaydigan moddalarning va 
reaksiyalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
 
1.2. Biokimyo fani rivojlanishining qisqacha tarixi 
Zamonaviy biokimyo fan sifatida faqat XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
shakllana boshladi. Biroq eng qadimgi davrlardanoq odamlar biokimyoviy 
jarayonlarga asoslangan non pishirish, pishloq tayyorlash, vino va pivo tayyorlash, 
terini oshlash va boshqa xil texnologik ishlab chiqarish jarayonlarini bilishgan. 
O‗ninchi asrning mutafakkir olimi Abu Ali ibn Sino o‗zining mashhur ―Tib 
qonunlari‖ nomli kitobida ko‗plab dorivor moddalar, ularning ta‘sir etish yo‗l-
yo‗riqlari haqidagi ma‘lumotlar batafsil tavsiflab berilgan edi.
O‗rta asrlarda Yevropada alkimyogarlar davrida bu fanga oid dastlabki 
bilimlar 
shakllana 
boshlandi. 
Lekin 
alkimyogarlar 
tomonidan 
olingan 
ma‘lumotlarni shu davrda hukm surgan noto‗g‗ri talqin qilish asosidagi
umumlashtirish va tushunchalardan ajratish qiyin edi. Keyinchalik, ya‘ni XVI-
XVII asrlarga kelib kimyoda yangi 
yatrokimyo
(yunoncha, ―yatros‖ ‒ ―tabib‖, 
―hakim‖) yo‗nalishi maydonga keldi. Bu yo‗nalish vakili nemis vrach-
tabiatshunosi T.Paratsels bo‗lib, u kimyoning meditsina bilan o‗zaro bog‗liqligi 
g‗oyasini ilgari surdi. U odamlarning hayot faoliyati kimyoviy jarayonlarga 
asoslanganligini va patologik holatlarning paydo bo‗lishi u yoki bu kimyoviy 
reaksiyalarning izdan chiqishi bilan bog‗liqligini va ularni davolash uchun ba‘zi 
kimyoviy moddalardan foydalanish kerakligini asosladi. Ammo, yatrokimyogarlar 
har qanday organizm hayotining asosi hisoblangan biron bir fermentativ 
reaksiyalarga oid muammoni hal qila olmadilar.
XVII-XVIII asrlarda nemis olimi G.Shtall ishlab chiqqan 
―flogiston‖
nazariyasi keng e‘tirof etildi. Uning ta‘kidlashicha, organizmlarning hayoti ruh 
tomonidan boshqariladi, u hayotiy jarayonlarni o‗zaro muvofiqligini ta‘minlaydi. 
Bu nazariyada asosiy fikrlarning xato ekanligiga qaramay, flogiston nazariyasi 
(yonish jarayonida yonayotgan jismdan og‗irlikka ega bo‗lmagan moddaning 
ajralishini izohlashi) fanning rivojlanishida ijobiy rol o‗ynadi, chunki bu narsa 
kimyoda 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin