Biokimyo va molekulyar biologiya


Hujayra tarkibidagi ba‘zi birikmalarning miqdoriy ko‗rsatkichlari



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Hujayra tarkibidagi ba‘zi birikmalarning miqdoriy ko‗rsatkichlari 
 
Moddalar 
Miqdoriy ko‗rsatkichlar 
Molekulyar 
og‗irligi 
Gramm 
hisobida 

hisobida 
Suv
15,6×10
-13 
70 
18 
Quruq modda
6,7×10
-13 
30 
1×10

-1×10

Jumladan: nuklein kislotalar 
1,0×10
-13
15 
1×10
6
Oqsillar 
4,7×10
-13
70 
6×10
4
Lipidlar 
0,7×10
-13
10 
1×10
3
Polisaxaridlar 
0,3×10
-13

2×10
4
2-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, hattoki tirik materiyaning eng oddiy elementi 
‒ hujayra o‗zaro bir-biri bilan ma‘lum mutanosib nisbatlarda bo‗lgan millionlab 
makromolekulalardan 
tashkil 
topgan. 
Yuqorida 
keltirilgan 
murakkab 
supermolekulyar komplekslar subhujayraviy elementlarni hosil qiladi. Xususan, 
hujayraning yadrosi nuklein kislotalar va oqsillardan tashkil topgan bo‗lib, aynan 
shu polimerlar ribosomal subbirliklarni ham hosil qiladi.
Oqsillarning lipidlar bilan hosil qilgan birikmalari endoplazmatik retikulum, 
mitoxondriyalar, lizosomalar va boshqalarning membranalarini shakllantiradi. 
Oqsillarning polisaxaridlar bilan hosil qilgan birikmalari hujayra membranalari 
tuzilmalariga xosdir. Keltirib o‗tilgan tuzilmalarning har biri maxsus biokimyoviy 
faollikka ega, barcha subhujayraviy elementlarning faoliyati bir-biri bilan o‗zaro 
bog‗liq va o‗ta nozik ravishda muvofiqlashtirilgan. Aynan shu sabablarga ko‗ra 
tabiatda tirik materiyaning doimiy yangilanishi va ko‗payishi, uzluksizligi 
ta‘minlanadi va ko‗p jihatdan hanuzgacha sirli bo‗lib kelayotgan hayot jarayoni 
mavjud. 
 
2.3. Hayotiy jarayonlarni o‗rganishda qo‗llaniladigan usullar 
Biokimyoni 
tadqiq 
qilish 
uslublari 
kimyoning 
boshqa 
sohalarida 
qo‗llaniladigan uslublarga o‗xshaydi, lekin ulardan farq qiladigan jihatlar ham 
mavjud, chunki tirik organizmlar biopolimerlarini tadqiq qilish alohida 
yondashuvni talab qiladi, bu murakkab tuzilishga ega bo‗lgan birikmalar u yoki bu 
fizik omillarning ta‘siri tufayli xilma-xil o‗zgarishlarga duch keladi. Biologik 
kimyo uslublarini amaliy jihatdan ikki guruhga bo‗lish mumkin: 
- biokimyoviy jarayonlarni organizmning butunligiga shikast yetkazmasdan 
amalga oshiriladigan uslublar; 
- analitik-dezintegratsiya tadqiqot uslublari. 


20 
Organizmning butunligiga shikast yetkazmay modda va energiya 
almashinuvini tadqiq qilishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirishda 
nishonlangan atomlar:
24
Na, 
33
P, 
2
H, 
15
N va hokazolardan foydalaniladi. Masalan, 
shu uslub asosida kalamushlar ratsioniga asparagin kislota, glutamin kislota va 
alanin aminokislotalarini qo‗shib oziqlantirish asosida sun‘iy ―qandli diabet‖ 
kasalligi kelib chiqishi isbotlangan, ya‘ni bu uch xil aminokislotadan organizmda 
glyukozani sintezlanishi mumkin ekanligi aniqlangan. 
Analitik-dezintegratsion uslub to‗g‗risida fikr yuritilganda, uni taomili 
shundan iboratki, bunda organizmning butunligiga shikast yetkazibgina qolmay, 
balki uni organlari, to‗qimalari, hattoki hujayralarigacha dezintegratsiyalashga 
to‗g‗ri keladi. Shunday qilib, hujayrada sodir bo‗ladigan jarayonlarni o‗rganishni 
boshlash uchun, hujayrani tarkibiy qismlarga ajratishni amalga oshirish kerakligini 
ta‘kidlash kerak. Biokimyoviy tadqiqotlarning ushbu usullari metabolik 
jarayonlarni o‗rganishda ko‗p hollarda qo‗llaniladigan sitokimyoviy usullardan 
foydalanishni ham o‗z ichiga olishi mumkin.
Analitik-dezintegratsion uslubdan foydalanganda tadqiq qilinuvchi to‗qima, 
eng avvalo, gomogenizatsiyalanadi. Gomogenizatsiya natijasida gomogen massa-
gomogenat olinib, uni keyinchalik differensial sentrifugalanadi. Bunda 
sentrifuganing aylanish tezligi, ekstraksiyalovchi eritmaning konsentratsiyasi, ion 
kuchi, vodorod ionlari konsentratsiyasi va gradiyentini o‗zgartirish orqali 
boshqarish yo‗li bilan yuqorida qayd qilingan subhujayraviy komponentlarni, ya‘ni 
hujayra membranalari, yadroni po‗sti bilan, mito-xondriyalar, endoplazmatik to‗r, 
lizosomalar, 
mikrosomalar, 
ribosomalar, 
o‗simliklarda xloroplastlar va, 
shuningdek, gialoplazmalarni ajratib olish mumkin bo‗ladi. 
Tadqiqotning keyingi bosqichi ajratib olingan subhujayraviy elementlarning 
nishon (marker) fermentlari faolligini aniqlash orqali ularning tozaligiga ishonch 
hosil qilishdan iborat.
Molekulyar biologiyaning zamonaviy rivojlanishi biologiyada yangi yo‗nalish 
‒ biotexnologiya va gen muhandisligining jadal rivojlanishiga keng yo‗l ochib 
berdi. 
Biotexnologiya – sanoat ishlab chiqarishida tirik organizmlardan va biologik 
jarayonlardan unumli foydalanish demakdir. Biotexnologik jarayonlardan 
foydalanish ko‗lami juda kengdir, masalan, oqova suvlarni biologik tozalash, 
o‗simliklarni biologik uslubda himoya qilish, shuningdek, hayvonlar uchun ozuqa 
oqsillari, aminokislotalarni, ilgarilari umuman ajratib olib bo‗lmaydigan dori-
darmonlar (masalan, insulin gormoni, o‗sish gormoni, interferon)ni sanoat 
miqyosida ishlab chiqarish, o‗simliklarning yangi navlari, hayvonlarning zotlari, 
mikroorganizmlarning shtammlarini va boshqalarni yaratish shular jumlasiga 
kiradi. 


21 
Genetik 
muhandisligi 
fani 
DNK 
molekulasida 
genlarning 
yangi 
kombinatsiyalarini yaratuvchi fandir. DNK molekulasini ajratish va uni o‗stirish 
imkoniyatini mavjudligi odamning insulin va interferon gormonlari sintezi uchun 
mas‘ul geniga ega bo‗lgan bakteriyani gibrid hujayrasini yaratish imkonini berdi. 
Bu yo‗nalishdagi tadqiqot ishlanmalari dori-darmon preparatlari ishlab chiqarishda 
farmatsevtika sanoatida qo‗llaniladi. Hozirgi kunda gen transplantatsiyasidan 
foydalanib, kasalliklarga, muhitning noqulay sharoitlariga chidamli, fotosintez va 
atmosfera azotining o‗zlashtirilishi samarali bo‗lishini ta‘minlaydigan o‗simlik 
navlari yaratilmoqda. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin