O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy holati
Turistik oqim
436
XVIII. TURISTIK OQIM
(2021- yil yanvar–dekabr)
Turizm industriyasi millionlab odamlarning tirikchiligini ta’minlaydi, milliardlab
insonlarga esa o‘z xalqi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy o‘ziga xosligini,
shuningdek, tabiat boyligini qadrlash imkoniyatini beradi. Ayrim davlatlarda ushbu
tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etadi va umuman
olganda, turizm industriyasi jahon iqtisodiyotida yirik eksport tarmoqlardan uchinchi
o‘rinni egallaydi.
O‘z o‘rnida, turizm COVID-19 pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan
tarmoqlardan biri bo‘ldi. O‘rnatilgan cheklovlar sababli dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar
va aeroportlar turizm industriyasining asosiy infratuzilmasi sifatida zarar ko‘rishda davom
etmoqda, ularning dori-darmonlar, vaksinalar, gumanitar yordami va boshqa hayot uchun
zarur bo‘lgan tovarlarni global ta’minoti bilan ta’minlash imkoniyatlari xavf ostida edi.
"COVID-19 pandemiyasi xalqaro havo qatnovini buzdi, mijozlardan biznesni
ayirdi, sayyohlik safarlarini to‘xtatdi va aholining zaif qatlamlariga nomutanosib
ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatdi" – dedi BMT rahbari Antonio Guterres. U dunyoning
barcha davlatlarini iqlim o‘zgarishi masalalarini unutmasdan havo transportini
qo‘llab-quvvatlash uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
2021- yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik
maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1 881,35 ming kishini
1
)
tashkil etdi.
1)
Respublikaga kelgan va ketganlarning umumiy sonida bir kishi bir necha marta hisoblanishi mumkin va bu
alohida holat sifatida hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |