O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati Turistik oqim



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix22.09.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#147060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Turistik oqim 2021

 
Chiquvchi turizm
– ko‘rilayotgan mamlakat doimiy yashovchisi bo‘lgan tashrif 
buyuruvchining ushbu mamlakat doirasidan tashqariga chiquvchi yoki ichki sayyohlik 
safariga doir faoliyatini o‘z ichiga oladi. 
Tashrif buyuruvchi (viziter)
bu – o‘z kasbiy faoliyatidan daromad olishdan boshqa 
maqsadni ko‘zlagan holda boshqa davlatga kelgan shaxsdir. Ushbu ta’rif turistlarga ham, 
ekskursant ham tegishli. 
Do‘stlarni va qarindoshlarni ko‘rgani borish
– bu toifa o‘z ichiga, qarindoshlar 
yoki do‘stlarnikiga tashrif buyurish; to‘ylarga, dafn marosimlari yoki boshqa har qanday 
oilaviy tadbirlarga tashrif buyurish; bemor yoki qariyalarni qisqa muddat davomida 
parvarishlash va boshqalar kabi faoliyat turlarini qamrab oladi. 
Taʼlim va kasbiy tayyorgarlik
– bu toifaga, ish beruvchi yoki boshqa tashkilotlar
shaxslar tomonidan to‘lanadigan qisqa muddatli kurslarga qatnash, to‘lov asosida o‘qish, 
tillarni o‘rganish, kasbiy yoki boshqa maxsus kurslar, ilmiy taʼtillarni qo‘shgan holda 
muayyan o‘quv dasturlarini o‘tish yoki kurslarda muayyan malakaga ega bo‘lish
va hokazolar kiradi. 
Davolanish va sog‘lomlashtirish muolajalari
– bu toifa kasallanishdan keyingi 
qo‘shimcha davolanish maqsadida shifoxonalar, klinikalar, sanatoriylar, umumiy 
spektrdagi tibbiy va ijtimoiy muassasalar xizmatidan foydalanish, dengiz va boshqa 
kurortlarga, shuningdek, tibbiy xizmatdan foydalanish uchun tibbiy uskuna va xizmatlarga 
asoslangan kosmetik jarrohlikni qo‘shgan holda, tibbiy maslahatga asoslangan boshqa 
ixtisoslashgan muassasalarga qatnashni o‘z ichiga oladi. Bu toifa faqat qisqa muddatli 
davolanishdan iborat, chunki, davolash muassasasida bir yil va undan ortiq vaqt davomida 
yotib uzoq muddat davolanish sayyohlik sohasiga kirmaydi. 
Ishga doir va kasbiy maqsadlar
ushbu toifaga, mustaqil ravishda band bo‘lgan 
shaxslar va yollanma ishlovchilar faoliyati, agarda ular bilan tashrif buyurilayotgan 
mamlakat yoki joydagi ishlab chiqaruvchi-rezident o‘rtasida aniq yoki nazarda tutilgan 
yollanma mehnat munosabatlari belgilari mavjud bo‘lmasa, sarmoyadorlar, ishbilarmonlar 
va hokazolar faoliyati kiradi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin