Majburiyat huquqi



Yüklə 123,5 Kb.
səhifə1/6
tarix29.12.2021
ölçüsü123,5 Kb.
#48763
  1   2   3   4   5   6
ўзбекистон Majburiyat huquqi


Majburiyat huquqi

Majburiyat huquqi - majburiyatlarga oid munosabatlarni tartibga solib turuvchi fuqarolik huquqiy normalar majmui. Majburiyat huquqi Oʻzbekiston Respublikasi FK 3-boʻlimini tashkil qiladi va u 2 qismdan — majburiyatlar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar hamda majburiyat turlari koʻrsatilgan maxsus qismdan iborat. Umumiy qoidalarda majburiyat tushunchasi va uning qoʻllanilishi bilan bogʻliq munosabatlar doirasi, majburiyatning vujudga kelish asoslari hamda majburiyatning taraflari tavsiflab berilgan, majburiyatni bajarish, bajarilishini taʼminlash usullari, majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi, majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik, majburiyatning bekor boʻlishi asoslari koʻrsatib oʻtilgan. Maxsus qism normalari alohida majburiyatlarni tartibga soladi.

Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki, odatda, qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyatlar qonunlarda yoki shartnomada nazarda tutilgan asoslarga koʻra, toʻliq yoki qisman bekor boʻladi.[

Majburiyat (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining M.ini bajarishni talab qilish huquqiga ega. M. kelib chiqish asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: shartnomaga asoslangan M., shartnomaga asoslanmagan (delikt) M. Shartnomaga asoslangan M.ning turlari, predmeti, yaʼni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi, taraflari va ularning huquq-burchlari, M.ni bajarmaslikning oqibatlari va boshqa jihatlari OʻzR Fuqarolik kodeksida bayon qilingan (29— 56-boblar.). Shartnomaga asoslanmagan, yaʼni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan M.ga kodeksning 57—58-boblari bagʻishlanadi. Ularda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan M.ga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash M.i; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash M.i koʻrsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan M. taraflarning erkiga asosan va kelishuvi bilan vujudga keladi, bunday M.ning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga qaratilishi oldindan maʼlum va aniq belgilangan boʻladi, M. bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi. Shartnomaga asoslanmagan M. taraflarning erki, xohishidan tashqari vujudga keladi, taraflar zarar yetkazilgandan keyin maʼlum boʻladi, predmeti zararning turi, hajmi, darajasiga qarab belgilanadi, javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar belgilanadi. Zarar yetkazuvchi faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina javobgarliqdan ozod boʻlishi mumkin.

2020-yil 12-noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar Koordinatori hamkorligida “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish boʻyicha milliy maslahatlashuvlar” tashkil etildi. Bu haqda Markazi axborot xizmati xabar berdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik korpus vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarining bajarilishi, BMTning Inson huquqlari boʻyicha Kengashining Oʻzbekistonning uchinchi Milliy maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha oraliq hisobot loyihasi, shuningdek, sudlar va advokatlarning mustaqilligi boʻyicha Maxsus maʼruzachining tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi loyihasi muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan BMTning 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga muntazam ravishda milliy maʼruzalarni taqdim etib kelmoqda. 

Tadbirda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov soʻzga chiqib, Oʻzbekistonning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzoligi, bu — tarixiy yutuq ekanini, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ushbu sohada davlat siyosatini samarali amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini yana-da mustahkamlashga xizmat qilayotganining yorqin dalolati ekanini qayd etdi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonning BMT organiga aʼzolik uchun intilgani bejiz emas. Bu samarador saʼy-harakat davlatimiz BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzosiga yuklatiladigan majburiyatlarni astoydil bajarish va inson huquqlarini global miqyosda himoya qilishga qatʼiy bel bogʻlaganidan dalolatdir.

Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov soʻzga chiqib, hozirda mamlakatda inson huquqlarini taʼminlashda, belgilab qoʻyilgan qonuniy kafolatlarga davlat organlari tomonidan amal qilinishida fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlarning nazorati oshib, bu sohada yana-da shaffoflik ortganligini, xususan, inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da ham jami 78ta banddan 23 tasi fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlar bilan amalga oshirish nazarda tutilgani fuqarolik jamiyati institutlariga davlat idoralari bilan tengma-teng masʼuliyat va vazifalar yuklanayotganidan dalolat ekanini taʼkidladi.

Qayd etilganidek, BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi jahon boʻylab inson haq-huquqlarining taʼminlanishi bilan bogʻliq vaziyatni nazorat qilib, hukumatlarga koʻrsatma va tavsiyalar berib boradi. Eng muhimi, mazkur Kengashga aʼzo har bir davlat oʻz majburiyatlarini yodda tutishi, inson huquqlari va erkinliklari bilan bogʻliq mezonlarga amal qilishda namuna boʻlishi lozim. Oʻzbekistoning BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga taqdim etgan “Ixtiyoriy majburiyatlar va vaʼdalar” hujjatida mamlakatda inson huquqlari sohasida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birga, xalqaro, mintaqaviy va milliy doiralarda Oʻzbekistonning istiqboldagi majburiyatlari va rejalari batafsil taqdim qilingan. 

Davra suhbatida BMTning Inson huquqlari kengashini Universal davriy hisobot yuzasidan bildirilgan tavsiyalarni bajarish boʻyicha Oraliq maʼruzasi loyihasi hamda BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalasiga oid maxsus maʼruzachisi D.Garsiya-Sayanning Oʻzbekistonga tashrifi yuzasidan tayyorlangan tavsiyalarni bajarish boʻyicha tayyorlangan Milliy harakat rejasi loyihasi muhokama qilindi. 



Shuningdek, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosi hamda YEXHTning mamlakatimizdagi Loyihalari koordinatori oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.


Yüklə 123,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin