Talabalar majburiyatlari
Oliy maktabda talabalar:
har qanday vaziyatda ham oliy maktab manfaatini ko‘zlab harakat qilishi, uning sha’ni va shonli an’analari, qaror topgan nufuzi to‘g‘risida jonkuyarlik qilishi;
“Toshkent Davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talabasi” degan sharafli nomga munosib ravishda o‘qishi va ishlashi;
o‘ziniig barcha xatti-harakatlarini nazorat qilib borishi va o‘z faoliyati davomida doimo yaxshilikni yomonlikdan, halollikni vijdonsizlikdan, qonuniylikni huquqbuzarlikdan farqlay olishi kerakligini unutmasligi:
o‘z vijdoniga quloq tutgan holda o‘z sha’niga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan va o‘z ahloqiy prinsiplariga shubha soladigan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi;
talaba davlat va nodavlat tashkilotlari hamda tuzilmalarida amaliyot o‘tar ekan, u o‘z xulq-atvori bilan oliy maktab haqida, unda tayyorlanayotgan mutaxassislar sifati to‘g‘risida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishi kerakligini anglab etishi;
oliy maktab hududida narkotik va psixotrop moddalar, alkogolli mahsulotlar (shu jumladan pivo) iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga har tomonlama to‘siq qo‘yishi;
oliy maktab mol-mulkiga zarar etkazmasligi va uni ko‘z qorachig‘idek asrashi;
tarkib topgan an’analar saqlab qolinishi va yuqori kurs talabalari past kurslarga har tomonlama jonkuyarlik qilishlari, quyi kurs talabalarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda, ularni nojo‘ya xatti-harakatlardan asrab qolishga ko‘maklashishlari shart. Quyi kursdagi talabalar yuqori kursdagilarning maslahatlariga quloq tutishi va hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari;
talabalar bilan oliy maktab hamda boshqa oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar asosini o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik tashkil etishlari;
talabalar professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan o‘zaro munosabatlarda subordinatsiyaga rioya etishlari, o‘z mulohazalarini va baholarini berishda ahloq normalariga amal qilishlari;
talabalarga professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlar murojaat qilsalar ularga baholi qudrat yordam ko‘rsatishlari lozim.
Начало формы
Search for:
Конец формы
Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.
Ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart.
Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.
Ota-ona oʻz bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʻlgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.
Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shart.
Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart.
Dostları ilə paylaş: |