O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati Turistik oqim



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix22.09.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#147060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Turistik oqim 2021

 
448
 
2020- yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlar sababli
2018- yilning yanvar–dekabr oylarida 8 549,83 ming kishidan iborat bo‘lgan chet elga 
ketgan O‘zbekiston fuqarolarining soni 2020- yilning shu davrida 2 001,52 ming kishiga 
(76,6 % ga) qisqargan. Biroq, shunga qaramay, O‘zbekiston hukumati tomonidan 2020- yil 
1- oktabrdan pandemiya sababli avval kiritilgan havo, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari 
orqali kirish va chiqish cheklovlari bekor qilinganidan so‘ng, turizm sohasi bosqichma-
bosqich tiklana boshladi va 2021- yilda turistik oqimning o‘sishi kuzatildi
va 2 194,85 ming kishini tashkil etdi (2020- yilga nisbatan 9,7 % ga o‘sgan). 
Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilganidek, 2021- yilda turistik oqimning katta qismi 
asosan to‘rtinchi chorakka to‘g‘ri kelgan, ya’ni kuz-qish davriga – 748,66 ming kishi. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, respublikamiz fuqarolari MDH davlatlariga 
sayohat qilishni asosan 4-chorakda afzal ko‘rgan – 645,04 ming kishi, ya’ni yil davomida 
MDH davlatlariga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolari umumiy sonidan 34,4 % ini 
tashkil etgan. Boshqa xorijiy mamlakatlarga (MDH davlatlari bundan mustasno) amalga 
oshirilgan sayohatlarga kelsak, yurtdoshlarimiz asosan ikkinchi yarim yillikning boshida 
sayohat qilishni afzal ko‘rgan – 103,76 ming kishi (yil davomida boshqa xorijiy 
davlatlarga ketganlar umumiy sonidan 32,4 % i). 
 
Maʼlumot uchun:
 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
davlat Personallashtirish markazining chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari to‘g‘risidagi maʼlumotlari asosida shakllantiriladi. 
 
 
 
 
 
 


O‘zbekiston Respublikasining

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin