Biokimyo va molekulyar biologiya


O‗simlik va hayvonlarning o‗rtacha elementar tarkibi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

O‗simlik va hayvonlarning o‗rtacha elementar tarkibi
 
 
Dekadalar 
Biosferadagi 
taxminiy 
ko‗rsatkich ho‗l 
massaga nisbatan 

Elementlar 


17 
Makroelementlar 

10 
O, H 
II 


III 
0,1 
N, P, K, Ca, Si, 
IV 
0,01 
Mg, S, Fe, Na, CI, Al 
Mikroelementlar 
V-VII 
0,001-10
-5 
Mn, B, Cu, Zn, Ba, Li, Ni, 
Rb, F va boshqalar 
Ultramikroelementlar 
VIII-XIV 
10
-6
-10
-12 
Mo, I, As, Ag, Hg, Au, 
Pb, Ra va boshqalar 
Alohida olingan taksonomik guruhlar va ba‘zi kimyoviy elementlarga bo‗lgan 
talab bir xil emas. Masalan, mishyakning o‗sishga ijobiy ta‘siri faqat bir qator 
yo‗sinlar va mog‗or zamburug‗lari uchun xos ekanligi ishonchli tarzda isbotlangan. 
Bundan tashqari, V.I.Vernadskiy va uning shogirdi A.P.Vinogradovlar 
o‗simliklarning elementar kimyoviy tarkibi, ularning sistematik belgisi sifatida 
xizmat qilishi mumkinligi haqidagi qoidani taklif qildilar. Xususan, suv o‗tlarida 
yodning miqdori va taksonomik tavsiflanish bo‗yicha ishonchli darajadagi 
korrelatsiya mavjudligi ko‗rsatib berilgan. Tabiatda ancha keng tarqalgan qo‗ng‗ir 
suv o‗tlarining Laminariaceae oilasining yodga boy bo‗lgan avlodlari va turlari 
mavjud. Shu bilan birgalikda, aytish mumkinki, o‗sha dengizlarning o‗zida 
tarqalgan Fucaceae oilasiga mansub qo‗ng‗ir suv o‗tlari tarkibida yod ancha kam 
uchraydi. 
Biosferadagi 
elementlarning 
tarqalishi, 
ularning 
biologik 
roli 
va 
D.I.Mendeleyev davriy sistemasida tutgan o‗rni o‗rtasida ma‘lum bir bog‗lanish 
mavjud. Tirik organizmlarda uchraydigan moddalarning 99 % dan ko‗prog‗i ushbu 
davriy sistemaning dastlabki uch davrida, ya‘ni yengil elementlaridan tashkil 
topgan. Umumiy qoidaga muvofiq, bir kimyoviy guruhning o‗zida kichik 
guruhdagi yengil elementlardan og‗ir elementlarga qarab o‗tishda (masalan, Zn > 
Cd> Hg) elementlarning massasi va toksikligi oshadi, hamda biryo‗la ularning 
biomassa tarkibidagi miqdori kamayadi. 
O‗z ichiga 4-davrning Mn. Fe. Co. Ni. Cu. Zn va boshqa (20 dan 30 gacha) 
elementlari ―o‗tuvchi metallar‖ deb nomlangan bo‗lib, bu elementlarning ko‗plab 
birikmalari yuqori biologik faollikka ega. Bu ularning kompleks birikmalar hosil 
qilishda markaziy atom rolini bajara olish qobiliyatlari bilan bog‗liqdir. Murakkab 
birikmalar ko‗pincha katalitik faollikka ega bo‗lib, fermentlar molekulasining 
(masalan, temir gemin fermentlarining) tarkibiga kiradi.
Davriy sistemaning ba‘zi kichik guruhlari elementlari biologik jarayonlarni u 
yoki bu darajada bir-birini almashtirishi mumkin (masalan, Ca va Ba, Cl va Br). 


18 
Biosfera massasining taxminan 98 % to‗rt xil element: vodorod, kislorod, uglerod 
va azotlardan tashkil topgan. Ular elektronlarni osongina birlashtiradilar va kuchli 
kovalent bog‗lanishlarni hosil qiladilar. Bu elementlar atomlarining kichik 
o‗lchamlikdaligi ham qisqa, ham kuchli kimyoviy bog‗lanishlarning shakllanishiga 
sababchi bo‗ladi. Bu xildagi barqaror bog‗lanishga ega bo‗lgan molekulalar 
kimyoviy va boshqa ta‘sirlarga nisbatan chidamli bo‗ladi. Mazkur elementlarning 
ko‗p karrali (qo‗sh va uchlamchi) bog‗larni hosil qilish qobiliyati katta ahamiyatga 
ega, chunki shu sabab ular noyob xossalarga ega bo‗ladi hamda ko‗p sonli va har 
xil turdagi birikmalarni hosil qiladi. 
Yerdagi kremniy zaxiralari uglerodga nisbatan 135 baravar ko‗p. Biosferadagi 
kremniyning roli uglerodga qaraganda ahamiyatliroq tuyuladi. Ammo unday emas. 
Kislorod ishtirokida kremniy SiO

dan bir xildagi, erimaydigan va faolikka ega 
bo‗lmagan polimerlarni hosil qiladi. Uglerod atomlarining kremniyga nisbatan 
kichikroq o‗lchamlari, ularni yanada mustahkamligini ta‘minlaydi. Jumladan, 
kovalent faqat bittagina emas, balki qo‗sh va uch bog‗larni ham hosil qilish 
imkonini beradi. Ugleroddan boshqa biron bir kimyoviy element turli xil 
konfiguratsiyalarni, o‗lchamlarni, funksional guruhlarni, kimyoviy va biologik 
faolliklarga ega bo‗lgan molekulalarni hosil qila olmaydi. 
Tirik organizmlar tarkibini asosan: oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, 
lipidlar, suv, mineral moddalar tashkil qiladi. Ular bilan bir qatorda ba‘zi boshqa 
organik moddalar: karbon kislotalar, uglevodorodlar, aminlar, spirtlar, aldegidlar 
ham tirik organizmlarning tarkibida uchrashi mumkin.
Faqat o‗simlik to‗qimalariga xos bo‗lgan moddalar mavjud, ularga efir 
moylari, alkaloidlar, taninlar kiradi. Nihoyat, tirik organizmlarning to‗qimalarida 
odatda oz miqdorda uchraydigan, lekin modda almashinuvi boshqarilishida muhim 
rol o‗ynaydigan moddalar: gormonlar, fermentlar, vitaminlar, antibiotiklar, 
fitonsidlar va boshqalar organik moddalarning alohida guruhlari sifatida ajratilishi 
kerak. Bu moddalarni biologik faol birikmalar guruhi sifatida birlashtiriladi. 
Hujayraning eng kichik organlari organoidlar (organellalar) bo‗lib, ular yana 
hujayraning subhujayraviy elementlari deyiladi. Bularga hujayra membranasi, 
yadro, mitoxondriya, endoplazmatik retikulum, lizosomalar, mikrosomalar, 
ribosomalar, xloroplastlar va gialoplazmalar kiradi. Bundan tashqari, hujayrada 
mikrotanachalar, peroksisoma, glikosoma va nihoyat, vakuolalar hamda ba‘zi 
zaxira donachalari kiradi. 
Agar hujayraning kimyoviy tarkibi to‗g‗risida mulohaza yuritsak, undagi 
makromolekulyar birikmalarning miqdoriy ko‗rsatkichlari 2-jadvalda o‗z aksini 
topgan. 
 



19 
2-jadval. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin