Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

5. Himoya funksiyasi.
Immunitetning eng muhim omillari – antitana va 
komplement tizimi oqsillar hisoblanadi. Qonning ivish jarayoni, uning ortiqcha 
miqdorda yo‗qotilishidan himoya qiluvchi oqsil-fibrinogen funksiyasiga bog‗liq. 
Bu xildagi transformatsiyalar trombin oqsili va ko‗plab boshqa oqsil tabiatli ivish 
omillari ishtirokida amalga oshadi. Qizilo‗ngach, oshqozonning ichki devorlarini 
shilliq pardasi oqsillar-musinlar bilan qoplangan. Ko‗plab turga mansub 
organizmlarning toksinlari ham yashash uchun kurashda ularni himoya qiladigan 
oqsillardir (ilon zaharlari, bakterial toksinlar va boshqalar). Hayvonlarning terisini 
ko‗p xil tashqi ta‘sirlardan himoya qiladigan asos kollagen ham oqsilidir. Junli 
himoya qoplamining oqsili ‒ keratin hisoblanadi.
6.
Gormonal funksiya
. Tanadagi modda va energiya almashinuvi 
neyroxumoral tavsifli turli mexanizmlar yordamida boshqariladi. Bu xil boshqaruv 
jarayonida endokrin bezlar tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlar muhim 
o‗ringa ega. Qator gormonlar kimyoviy tuzilishi jihatidan oqsil (insulin) yoki 
peptid tabiatiga (adrenokortikotrop gormon, oksitotsin, vazopressin va boshqalar) 
ega.
 
7.
Oziqlanish (zaxira) funksiyasi.
Bu funksiya homilaning rivojlanishi 
uchun kerakli bo‗lgan zaxira oqsillar masalan, tuxum oqsili ovalbumin, sutning 
asosiy oqsili (kazein) ham, asosan, ovqatlanish funksiyasidan iborat. Ko‗pgina 
o‗simlik oqsillari ham, ularning urug‗ida zaxira tarzida yig‗iladi. 
8.
Tayanch funksiyasi.
Pay, tog‗ay, skelet suyaklari, tuyoqlar, asosan, 
oqsillardan tashkil topgan. 
9.
Retseptor funksiya
. Ko‗pgina oqsillar (ayniqsa, glikoproteinlar) alohida 
moddalarni tanlov asosida ―tanish‖ va ba‘zi moddalarni o‗ziga biriktirish 
funksiyasini bajaradi. 


32 
Oqsillar funksiyalarini xilma-xilligi yuqorida qayd qilib o‗tilgan funksiyalar 
bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, oqsillarning boshqaruv funksiyasi faqat 
katalitik va gormonal ta‘sirlar bilan cheklanmaydi. Oqsillar orasida genom 
faolligini boshqaruvchi juda muhim guruh ‒ oqsillar borligi aniqlangan. Ba‘zi 
polipeptidlar ferment ingibitorlari rolini bajaradi va shu orqali bu fermentlarning 
faolligi boshqariladi. Yaqinda xulq-atvor va psixikaning ba‘zi jihatlarini 
boshqarishda ishtirok etuvchi miyaning maxsus oqsillari (MMO) mavjudligi 
aniqlandi. Bu narsa orqa miya suyuqligi va qon bilan o‗tkaziladigan nozik 
immunokimyoviy uslublar yordamida o‗tkaziladigan tahlil asosida MMO guruhi 
oqsillari tarkibi va xulq-atvor, psixikaning ba‘zi tomonlari o‗rtasida korrelatsiya 
mavjudligini aniqlashga imkon berdi. Oqsillar xalq xo‗jaligida katta ahamiyatga 
ega. Avvalo, bu ahamiyatning ko‗lami oqsillarning inson va qishloq xo‗jalik 
hayvonlarining eng muhim oziq-ovqat komponenti ekanligi bilan belgilanadi. Ko‗p 
jihatdan, odamlarning sog‗ligi va qishloq xo‗jalik hayvonlarining mahsuldorligi 
ratsiondagi protein miqdoriga bog‗liq. Oqsillarning barcha organizmlar hayotidagi 
ahamiyatini ustuvorligi, ularning xalq xo‗jaligidagi ahamiyatini, biokimyoda unga 
bo‗lgan qiziqishni, oqsillarni o‗rganishga qaratilgan biokimyoviy tadqiqotlarning 
markaziy o‗rinda bo‗lishini belgilaydi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin