Biokimyo va molekulyar biologiya


Ba‘zi organizmlarning quruq modda qoldig‗idagi oqsil miqdori



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Ba‘zi organizmlarning quruq modda qoldig‗idagi oqsil miqdori
 
 
Organizm turi 
O‗rtacha oqsil miqdori
(% hisobida) 
Odam va hayvon organizmi 
45-70 
Baliq 
40-47 
O‗tchil o‗simliklar 
9-16 
Daraxtlar 
1-2 
Bakteriyalar 
50-93 
Viruslar 
81-99 
Achitqi 
31-62 
Mog‗or zamburug‗i 
13-43 
3-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, o‗simliklar tarkibidagi oqsil miqdori ancha 
kam, lekin o‗simlikning jadal o‗suvchi va modda almashinuvi kuchli bo‗lgan 
qismlarida oqsil miqdori yuqori bo‗ladi. Oqsillar boshqa xil organik birikmalar 
uchun xos bo‗lmagan qator xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ularning hayotiy 


25 
jarayonlarini namoyon bo‗lishini ta‘minlovchi oqsillarning funksiyalari bilan 
bog‗liqdir. Bu xususiyatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
- strukturasini cheksiz xilma-xilligi va shu bilan birgalikda, uning turga xos 
bo‗lgan maxsusligi; 
- fizik va kimyoviy o‗zgarishlarning o‗ta darajadagi xilma-xilligi; 
- hujayra ichida yuz beradigan o‗zaro ta‘sirlanish qobiliyati; 
- tashqi ta‘sirga molekula konfiguratsiyasini o‗zgartirish orqali javob berish 
va ta‘sir tugagan zamon dastlabki holatni tiklash qobiliyati; 
- boshqa kimyoviy birikmalar bilan komplekslar va tuzilmalarni hosil qilish 
yo‗li bilan o‗zaro ta‘sirlanishga moyilligi; 
- biokatalitik va boshqa xildagi xususiyatlarning mavjudligi. 
Tirik organizmlar oqsillarining elementar tarkibiga kelsak, miqdor jihatdan 
ular quyidagicha bo‗ladi: 
uglerod 50,0-55,0 %; 
vodorod 6,5-7,3 %; 
azot 15,0-18,0 %; 
kislorod 21,0-24,0 %; 
oltingugurt 0,0-20,54 %; 
kul qoldig‗i 0,0-0,5 %. 
 
3.2. Oqsillar kimyosida qo‗llaniladigan uslublar 
Oqsillarni ajratish va tozalashning birinchi bosqichi ularni hujayralardan xoli 
qilishdan boshlanadi. Buning uchun hujayralarning butunligi buziladi, ya‘ni ular 
gemogenatga aylantiriladi. Hujayralar va to‗qimalarni gomogen holatga 
keltirishning turli xil uslublari mavjud va ularni tanlash dastlabki obyektning
xususiyatlari, tarkibi, barqarorlik holati bilan belgilanadi. Ular jumlasiga
quyidagilar kiradi: 
1) o‗simlik to‗qimalari va hujayralarini qattiq tavsifli material-abraziv (kvars
qumi) bilan gomogenlash;
2) porshensimon-pestikli aylanib turuvchi gomogenizator yordamida 
gomogenlash; 
3) hujayralar suspenziyasini diametri 50-500 mikron bo‗lgan kichik shisha 
bo‗lakchalar qo‗shib silkitib gomogenlash; 
4) bosimni oshirish va pasaytirish asosida gomogenlash; 
5) hujayra suspenziyasini elakday qurilmadan siqib o‗tkazish orqali 
gomogenlash;
6) maxsus ultratovush-dezintegrator qurilmalari yordamida gomogenlash; 
7) hujayrali biomaterialni muzlatib va eritib turishni takror-takror amalga 
oshirish asosida shikastlash.


26 
Biomaterialni gomogenlashdan keyin undagi oqsillar ekstraksiyalanadi. So‗ng 
ularni fraksiyalarga ajratish uchun ―tuzlash‖ amalga oshiriladi. Tuz qo‗shish yo‗li 
bilan ajratilgan oqsil fraksiyalarida ko‗p miqdorda tuz mavjud bo‗lganligi sababli, 
ularni ajratish uchun oqsil cho‗kmasi dializlanadi yoki molekulyar elak orqali gel-
filtratsiyalanadi.
Oqsillarni tozalashning keyingi bosqichi xromatografiya yordamida 
fraksiyalash yo‗li bilan amalga oshiriladi. Xromatografiya yo‗li bilan 
fraksiyalashning: adsorbsion, taqsimlovchi, ion almashinuvi orqali, molekulyar 
elakli va affin xromatografiyasi uslublari mavjud. Oqsillarni elektroforez (qog‗oz, 
kraxmal va poliakrilamid-gellari yordamidagi) uslubida fraksiyalashdan ham 
foydalaniladi. Tozalangan oqsil preparatlari, dializlanadi, so‗ng liofilizatsiyalanadi 
(ya‘ni sublimatsiyalanadi ‒ eritmalarini muzlatib, vakuumga joylashtirib 
bug‗lantiriladi), keyin ularning gomogenligi aniqlanadi, gidrolizlagandan keyin 
aminokislota tarkibi aniqlanadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin