Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsillarning polipeptid tuzilishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
3.6. Oqsillarning polipeptid tuzilishi 
Zamonaviy sharoitda ko‗plab yuqori molekulyar og‗irlikdagi oqsillarning 
aminokislota ketma-ketligi aniqlandi va ularning kimyoviy sintezi amalga oshirildi 
va bu narsa polipeptidlar orasida peptid bog‗larning mavjudligini bildiradi. 
Oqsillarning polipeptid tuzilishga egaligini quyidagi dalillar to‗liq isbotlaydi: 
1. Tabiiy oqsillarning tarkibida titrlanadigan -COOH va -NH

guruhlari kam, 
chunki ular bog‗langan holda bo‗ladi. 
2. Oqsillar gidrolizidan keyin aminokislotalargacha parchalanadi, shuning 
uchun titrlanadigan -COOH va -NH

guruhlarini soni ko‗payadi. 
3. Proteolitik fermentlarning ta‘sirida oqsillar aniq belgilangan bo‗lak 
(fragment)larga 
bo‗linadi, ular polipeptidlar bo‗lib, ularning terminal 
aminokislotalariga faqat o‗ziga mos keladigan proteinazalargina ta‘sir etadi. 
Keyinchalik, bunday bo‗laklarning strukturasi kimyoviy sintez yo‗li bilan to‗liq 
isbotlandi. 
4. Biuret ham, oqsil ham biuret reaksiyasini beradi, demak, ikkala holatda 
ham peptid bog‗ borligini isbotlaydi. 
5. Gomogen oqsillarning rentgenogrammasini tahlili ham oqsillarning 
polipeptid tuzilishini tasdiqlaydi. 
6. Keyingi vaqtlarda insulin (51 aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan), 
lizozim (121), ribonukleaz (124)larni kimyoviy sintezlanishidan so‗ng oqsillarning 
polipeptid strukturasi to‗g‗risida hech qanday shubha qolmadi.
 
3.7. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va
to‗rtlamchi tuzilmalari (strukturasi). 
Biokimyogarlar polipeptid zanjirda uchrovchi aminokislotalarning o‗zaro bir-
biri bilan bog‗lanishlarini batafsil o‗rganish asosida K.Linderstryom-Lang oqsil 
molekulasining strukturaviy tuzilishi to‗rt darajada, ya‘ni birlamchi, ikkilamchi, 
uchlamchi va to‗rtlamchi tuzilmali ekanligiga oid fikrlarini tasdiqlanishi asosida bu 
muammolarning yechimiga yanada yaqinlashdilar. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin