Biokimyo va molekulyar biologiya


Oqsilning birlamchi strukturasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Oqsilning birlamchi strukturasi.
Bugungi kunga qadar 3000 dan ortiq har 
xil oqsillarning birlamchi strukturalari aniqlandi, bu shubhasiz biokimyoning 
yutug‗idir. Birlamchi struktura deganda polipeptid zanjirda aminokislota 
qoldiqlarining joylashishi tartibi, ketma-ketligi tushuniladi. Birlamchi strukturani 
bilgan holda, agar muayyan polipeptid bittagina zanjirdan iborat bo‗lsa, unda bu 
oqsil molekulasining aniq formulasini yozish mumkin. Agar oqsil bir nechta 
polipeptid zanjirlardan iborat bo‗lsa, unda birlamchi tuzilishni aniqlash 


38 
murakkabroq bo‗ladi, chunki bu zanjirlarni oldindan bir-biridan ajratishga to‗g‗ri 
keladi.
Oqsillarning birlamchi strukturasini aniqlash uchun avval aminokislota 
tarkibini, ya‘ni gomogen tozalikda bo‗lgan oqsil namunasida 20 xil 
aminokislotalarning nisbiy ko‗rsatkichini aniqlash kerak. Bu jarayon oqsilni 
gidrolizlash va bundan keyin aminokislotalarni miqdorini tahlil qilish orqali 
amalga oshiriladi. Keyin polipeptid zanjirining -COOH va -NH
2
uchlarida 
joylashgan bittadan aminokislotalarni aniqlashga kirishiladi. N-uchida joylashgan 
aminokislotalar 1-ftor, 2-,4-dinitrobenzol yoki gidrazin reagentlaridan foydalanib, 
tegishli ravishda Sanger yoki Akobori uslubida aniqlanadi. Bu reaktivlar 
polipeptidning aynan N-uchida joylashgan aminokislota bilan birikadi. 
Polipeptidning C-uchida joylashgan aminokislotalarini aniqlash uchun 
polipeptidga qaytaruvchi xossaga ega bo‗lgan modda, masalan, natriy borgidratdan 
foydalaniladi va bunda C-uchida joylashgan aminokislota tegishli aminohosilaga, 
ya‘ni aminospirtga aylantiriladi. Bundan tashqari, bu maqsadda karboksipeptidaza 
uslubidan foydalaniladi. Hozirgi kunda oqsillarning birlamchi strukturasini 
aniqlash muammosi laboratoriyaning jihozlanish darajasiga va vaqtga bog‗liq 
masala desa bo‗ladi. Bu fikrning daliliy isboti, yuqorida keltirilganidek, talaygina 
tabiiy oqsillarning birlamchi strukturalari aniqlanganligidir.
 
Ular orasida eng birinchisi 51 aminokislota qoldig‗idan iborat bo‗lgan insulin 
(Senger, 1954) hisoblanadi. Birlamchi strukturasi aniqlangan eng yuqori 
molekulali oqsil, to‗rtta polipeptid zanjirdan iborat bo‗lgan immunoglobulin 
hisoblanib, uning tarkibida jami 1300 aminokislota qoldig‗i borligi ma‘lum. Bu 
tadqitqot uchun Dj.Edelman va R.Porter (1972)lar Nobel mukofotini olishga 
muyassar bo‗lishgan. 
Shuningdek, odam mioglobini (153 ta aminokislota qoldig‗i), ikki molekula 
alfa-globin (141 ta aminokislota qoldig‗i) va ikki molekula beta-globin (146 ta 
aminokislota qoldig‗i)dan tashkil topgan odam qoni gemoglobini, odamning yurak 
mushagi sitoxromi (105 ta aminokislota qoldig‗i), sut lizosimi (130 ta aminokislota 
qoldig‗i), qoramol ximotripsinogeni (245 ta aminokislota qoldig‗i) va boshqa ko‗p 
oqsillar, jumladan, fermentlar va toksinlarning birlamchi strukturalari to‗liq 
o‗rganilgan.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin