Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

19. L-arginin 
 
I.n.: α-amino- σ-guanidinovalerian kislota. 
20. L-gistidin 
I.n.: α-amino-β-imidazolil propion kislota. 
Molekulyar og‗irligi 6000 Da gacha bo‗lgan polipeptidlarga 
peptidlar
, 6000 
Da va undan yuqori bo‗lsa 
oqsillar
deyiladi. Nazariy jihatdan, agar ikkita 
aminokislotadan ikkita dipeptid hosil bo‗lsa, to‗rttasidan 24 ta tetropeptid va
proteinogen 20 xil aminokislotadan esa 2.4.10
18
ga teng sondagi izomerlarni olish 
mumkin. Olimlarning fikriga ko‗ra, E.coli organizmida jami 3000 xil oqsil bo‗lsa, 
odamlarda L.Polingning hisoblariga ko‗ra, oqsillarning miqdori taxminan 100000 
ni tashkil qiladi. Lekin so‗nggi tadqiqotlar bu ko‗rsatkich ancha yuqori 
ko‗rsatkichda ekanligini isbotlamoqda. 
Ma‘lumki, odam, hayvonlar, o‗simliklar to‗qimalari va organlaridagi hamda 
mikroorganizmlar tarkibidagi oqsillar bir-biridan tubdan farqlanadi, ular turga xos 
xususiyatga ega. Boshqa organizmning oqsili, masalan, hayvon qoniga kiritilgan 
tovuq tuxumi oqsili unga toksik ta‘sir ko‗rsatadi. 
Oqsillarning turga oid maxsusligi faqat aminokislota tarkibi, balki molekulada 
ularning ketma-ketligi bilan ham farqlanadi. Oziq-ovqat bilan qabul qilingan oqsil 
moddalari bevosita to‗g‗ridan-to‗g‗ri organizmning ichki muhitiga kirmaydi, balki 
ovqat hazm qilish organlari orqali o‗tib, ular aminokislotalargacha parchalanadi va 
bundan keyin turga xos maxsuslikka ega bo‗lmay qoladi.
Qonga so‗rilgan aminokislotalar, keyinchalik to‗qimalarda muayyan 
organizmning o‗ziga xos bo‗lgan oqsillar tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda turli xil 
hayvonlar turlarida bir xil biologik funksiyani bajaradigan oqsillarning kimyoviy 
tuzilishida farqli jihatlar mavjudligi aniqlandi. Organizmning turli to‗qimalari va 
organlari oqsillari ham o‗ziga xos maxsuslikka ega. Bu xildagi o‗ziga xoslik, 


37 
ma‘lum to‗qima va organ funksiyasi, shuningdek, oqsillarning tuzilishida farqning 
mavjudligi bilan izohlanadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin