Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Protaminlar va gistonlar.
Protaminlar va gistonlar uncha yuqori molekulyar 
og‗irlikka ega bo‗lmagan, o‗ziga xos aminokislota tarkibi va fizik-kimyoviy 
xossaga ega bo‗lgan oqsillardir.
 
Protaminlar.
Protaminlarning tarkibida 60 % dan 85 % gacha miqdorda 
arginin (masalan, syomga balig‗ining tuxumlaridan ajratib olingan 
salmin 
oqsilini 
tarkibida) uchraydi. Seld balig‗ining tuxumidan ajratib olingan 
klupein 
oqsilini 
tarkibida jami 30 ta aminokislota qoldig‗i bo‗lib, uning 21 tasi arginindir. Bu 
oqsillar nukleoproteinlar tarkibining oqsil qismini (tarkibida DNK tutuvchi
murakkab oqsillarni) tashkil etadi. Protaminlar DNK ning biokimyoviy inertligini 
ta‘minlaydi, bu xususiyat esa, organizmning irsiy belgilarini saqlanishi uchun 
zarurdir. Shu narsa isbotlanganki, spermatogenez jarayonida protaminlarning 
sintezi sitoplazmada yuz beradi, keyin bu protaminlar fosforlanib, hujayra 
yadrosiga o‗tadi va spermaning yetila borgani sari nukleoproteinlardan gistonlarni 
siqib chiqaradi, bunda u DNK bilan barqaror kompleks hosil qiladi. Protaminlar 
suvda juda yaxshi eriydi, ularning PI (izoelektrik nuqtasi) ishqoriy muhitda 
bo‗ladi. Ularning tarkibida sistein, triptofan, asparagin kislotalar bo‗lmaydi. 
Protaminlar – NH

guruhlariga boy bo‗lganligi sababli, bu oqsillar polivalent 
organik kation hisoblanadi va nuklein kislotalar bilan juda oson reaksiyaga 
kirishadi.
 
Gistonlar ham asosli xossali, molekulyar og‗irliklari 12000 Da dan 30000 Da 
gacha bo‗lgan oqsillardir. Ularning tarkibida lizin va argininlarning miqdori 
ustunlik qiladi. Ammo gistonlar tarkibida bu aminokislotalarning miqdori sezilarli 
darajada (20-30%) kamligi sababli asosli xossalar sustroq namoyon bo‗ladi. 
Mazkur oqsillar protaminlarga qaraganda yuqoriroq molekulyar massaga ega. 
Gistonlar kislotalarning kuchsiz eritmalari (0,2 n. HCL)da yaxshi eriydi, 
ammiak, spirt ta‘sirida cho‗kmaga tushadi. Ularning tarkibida triptofan va ko‗p 
hollarda sistein, sistinlar bo‗lmaydi. Bu oqsillar hujayraning yadrosi tarkibida 


46 
murakkab oqsil-dezoksiribonukleoprotein tarzida uchrab, genomning metabolitik 
funksiyasini boshqarilishida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Hayvon va o‗simlik 
gistonlarida argininning lizinga bo‗lgan nisbat ko‗rsatkichida, shuningdek, oqsil 
fraksiyalarida o‗zaro o‗xshashlik mavjudligi isbotlangan. Rentgen tuzilmaviy va 
elektron mikroskopik tahlil ma‘lumotlariga ko‗ra, shakllangan yadroga ega 
bo‗lmagan 
organizmlar 
(bakteriyalar, 
ko‗k-yashil 
suv 
o‗tlari)ning 
xromosomalarida gistonlar topilmagan. Shu bilan birgalikda bakteriyalar va ba‘zi 
ko‗k-yashil suv o‗tlaridan lizin va argininga boy bo‗lgan oqsil fraksiyalari ajratib 
olinganligi ma‘lum. Zamburug‗larda gistonlarning bor-yo‗qligi to‗g‗risida qarama-
qarshi fikrlar mavjud.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin