Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

vodorod bog‗lari
deb 
yuritiladi. Oqsil molekulasida muhim vodorod bog‗lanishi kovalent bog‗langan 
musbat zaryadli vodorod atomi va kovalent bog‗langan manfiy zaryadlangan 
kislorod atomi o‗rtasida hosil bo‗ladi. Quyida oqsil molekulasida joylashgan 
vodorod bog‗lanishiga misollar keltirilgan: 
a
) peptid bog„lar o„rtasida bog„lanish: b) ikkita gidroksil guruhlari
o„rtasidagi bog„lanish:

 
 


d) ionlangan -COOH guruhlari va tirozinning -OH guruhlari o„rtasidagi 
bog„lanish:
 
 
e) serinning -OH guruhi va peptid bog„ o„rtasidagi bog„lanish 


41 
Oqsillarning uchlamchi strukturasi.
Oqsillarning uchlamchi strukturasi 
deganda polipeptid spiralining makonda joylashishi yoki polipeptid spiralning yoki 
polipeptid zanjirning tegishli hajmdagi makonda ma‘lum tartib asosida taxlanishi 
tushuniladi. 
Birlamchi strukturani spiral tiplari ham yoki polipeptid zanjir spirallarning 
yig‗indisi va polipeptid zanjirning chiziqli qismlari ham, bu zanjirning hajmi va 
shakli haqidagi tasavvurni shakllantira olmaganligi sababli, tadqiqotchilar oldida 
oqsillarning uchlamchi konfiguratsiyasini aniqlash yaqin davrlargacha muammo 
bo‗lib keldi. Bu muammolarni yechimini topishda yuqori darajadagi tahliliy 
imkoniyatga ega bo‗lgan rentgen tuzilmaviy tahlil uslubi muhim ahamiyatga ega 
bo‗ldi.
So‗nggi olti o‗n yillikda, rentgen tuzilmaviy tahlil uslubining 
imkoniyatlaridan foydalanib, 450 dan ziyod oqsillarning uchlamchi strukturalari 
aniqlandi, ular jumlasiga: gemoglobin, pepsin, ximotripsin, ribonukleaza, lizosim, 
tripsin 
va 
uning 
ingibitori, 
odam 
immunoglobulinini 
fragmentlari, 
karboangidrazasi, aspartataminotransferazasi, insulini va qator oqsillar kiradi. 
Rentgen nurlarini difraksiyasiga asoslangan yangi uslublar 160 ga yaqin 
fermentlarning kristall strukturalarini aniqlash imkonini berdi. Uchlamchi 
strukturalarni stabillashda nokovalnt bog‗lanishlar: elektrostatik o‗zaro ta‘sirlar, 
vodorod bog‗lari, qutbsiz guruhlarning o‗zaro gidrofob ta‘sirlanishlari, dipol-dipol 
o‗zaro ta‘sirlanishlar, disulfid bog‗lar va boshqalar qatnashadi (2-rasm). 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin