Biokimyo va molekulyar biologiya


Tamaki mozaikasi virusining o‗z-o‗zidan tiklanishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Tamaki mozaikasi virusining o‗z-o‗zidan tiklanishi.
 
 
U bitta RNK molekulasidan va 2130 oqsil subbirliklaridan iborat bo‗lib, 
ularning har biri 17500 Da og‗irlikka ega bo‗ladi. Virusning uzunligi taxminan 300 
nm, kengligi 17 nm. RNK spiralsimon shaklga ega. RNK atrofida oqsil 
subbirliklari joylashib, ulkan submolekulyar spiral shakldagi tuzilma hosil qiladi
ularda 130 ga yaqin aylanma spiral mavjud. 


44 
Oqsil molekulalarining mavjudligi va shakli haqida ilgari ultrasentrifugalash, 
qutblangan nurni sindirish va diffuziya ko‗rsatkichlari asosida baholanar edi. Bu 
ma‘lumotlar tabiatda globular (sferik) va fibrillar (ipsimon) tuzilishga ega bo‗lgan 
oqsillar mavjudligini ko‗rsatadi. Hozirgi vaqtda oqsil molekulalarining shakli 
haqidagi umumiy fikrlar to‗liq tasdiqlangan, lekin zamonaviy tadqiqot usullaridan 
foydalanishgina oqsil molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi (uch o‗lchovli 
tuzilishi) tafsilotlarini aniqlashga imkon berdi. Skanerlovchi mikroskopdan va 
rentgen nurlarini tarqalish tahlilidan foydalanish, oqsillarning makonda joylashuv 
strukturasi, unga mos bo‗lgan shakllarinigina emas, balki oqsil molekulalarining 
assimetriyasini uch o‗lchamli darajasini batafsil aniqlash imkoniyatini yaratdi. 
Hatto, globular qon oqsillari (gemoglobin, albumin va globulinlar)ni tahlil 
qilinganda, ular bu o‗lchov birliklarida assimetrik ekanligi ma‘lum bo‗ldi. 
Ta‘kidlash joizki, oqsillarning faqat fizik-kimyoviy xossalari emas, balki biologik 
xususiyatlari ham ularning fazoviy tuzilishi bilan belgilanadi. 
Hozirgi vaqtda oqsillarni birlamchi, ikilamchi, uchlamchi va to‗rtlamchi 
strukturalari mavjudligini asoslashga oid dalillar mavjud. Bundan tashqari, har bir 
alohida olingan oqsil ma‘lum funksiyani bajarilishini ta‘minlaydigan o‗ziga xos 
strukturasi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib, xilma-xil oqsillarning struktura 
tuzilishini o‗rganish tirik tizimlarning tabiatini va demak, hayotning mohiyatini 
bilib olish uchun kalit bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Kelajakda oqsillarning 
tuzilishi va biosintezida uchraydigan nuqsonlar tufayli kelib chiqadagan ko‗plab 
irsiy kasalliklarga oid muammolar yechimini topish mumkin bo‗ladi


Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin