Biokimyo va molekulyar biologiya


 Oqsillarning nomlanishi va tasniflanishi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
3.8. Oqsillarning nomlanishi va tasniflanishi 
Hozirgi vaqtgacha oqsillarni nomlash va tasniflashning uyg‗un tizimi ishlab 
chiqilmagan. Oqsil kimyosi bu masalalar yuzasidan oqsillarni an‘anaviy ravishda 
guruhlarga ajratilishi tasodifiy ko‗rsatkichlar (fizik-kimyoviy xossalar, molekulalar 
shakli, lokalizatsiyasi va kelib chiqishi, aminokislota tarkibi)ga asoslangan bo‗lib, 
ularning strukturasi va bajaradigan funksiyalari bo‗yicha hozirgi kunning bilim 
darajasi talabiga to‗liq javob beradi deb bo‗lmaydi. Holbuki, faqat kimyoviy 
reaksiyalarni katalizlash qobiliyatiga ega bo‗lgan oqsillar guruhi, ya‘ni fermentlar 
uchungina katalizlaydigan kimyoviy reaksiyalar turlari va reaksiyaga kirishuvchi 
moddalarning kimyoviy tabiatiga asoslangan holda nomlash va tasniflashning 
mukammal tizimi ishlab chiqilgan. 
Sxematik ravishda oqsillarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
I. Oddiy oqsillar
II Murakkab oqsillar 
1. Protaminlar va gistonlar
1. Xromoproteinlar 
2. Prolaminlar va glutelinlar 2. Nukleoproteinlar 
3. Albuminlar va globulinlar 3. Lipoproteinlar 


45 
4. Proteinoidlar 4. Glikoproteinlar 
5. Tabiiy peptidlar 5. Fosfoproteinlar 
6. Metalloproteinlar 
Oddiy oqsillar
faqat aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan va ular 
gidrolizlaganda erkin aminokislota qoldiqlarini hosil qiladi. 
Murakkab oqsillar
tarkibi ikki yoki undan ziyod komponentdan tashkil 
topgan oqsillar bo‗lib, ular oddiy oqsil va nooqsil komponent (nooqsil guruh)dan 
tashkil topgan makromolekula hisoblanadi. Murakkab oqsillarni gidrolizi natijasida 
erkin aminokislotalar qatori ularga qo‗shimcha ravishda, oqsil tabiatiga ega 
bo‗lmagan komponentlar ham hosil qiladi.
 
 3.9. Oddiy oqsillarning tuzilishi, xossalari va ahamiyati 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin