Biokimyo va molekulyar biologiya


Albumin va globulinlarning eruvchanligi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Albumin va globulinlarning eruvchanligi 
 
Oqsil 
Erituvchi 
Dist.suv 
NaCl 
suyul. 
eritma 
NaCl 
to‗yin. 
eritma 
Na
2
SO

to‗yin. 
eritma
 
(NH
4
)
2
SO

yarim 
to‗yin. 
eritma
 
(NH
4
)
2
SO

to‗yin. 
eritma 
Albuminlar 
Eriydi 
Eriydi 
Eriydi 
Eriydi 
Eriydi 
Erimaydi 
Globulinlar Erimaydi. Eriydi Erimaydi Erimaydi 
Erimaydi 
Erimaydi 
5-jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, globulinlar faqat osh tuzining 
suyultirilgan eritmasida eriydi, lekin qon zardobi tarkibida uchraydigan β-globulin 
bu qoidadan mustasno ravishda 50 % li ammoniy sulfat eritmasida eriydi. Qon 
plazmasi tarkibidagi albuminning globulinga bo‗lgan nisbat ko‗rsatkichi oqsil 
koeffitsiyenti hisoblanib diagnostik ahamiyatga ega. Albumin va globulinlar bir-
biridan molekulyar massalari bo‗yicha ham farqlanadi, ular o‗zaro mos holda 
40000-70000 Da va 150000 Da va undan yuqori bo‗ladi. Glitsinning miqdori ham 
birinchilarida 1%, ikkinchilarida 3,5 % bo‗ladi. Hozirgi kunda odam qoni albumini 
toza gomogen holatda ajratib olingan va u jami 575 aminokislota qoldig‗idan 
tashkil topganligi aniqlangan. 
Albuminning izoelektr nuqtasi pH 4,7 ga teng. U muhitning pH = 8,6 bo‗lgan 
sharoitda maksimal zaryadlanadi. Shuning uchun elektr maydonida bu oqsil 
anodga qarab harakatlanadi. 
Globulinlar alfa-1, alfa-2 (glikoproteinlar), beta-1, beta-2-globulinlar va 
gamma-1, gamma-2 globulinlariga bo‗linadi. Beta-globulinlar jumlasiga 
seruloplazmin kiradi, u transport va oksidlovchi sifatidagi funksiyalarni bajaradi. 
Gamma globulin immunoglobulinlar jumlasiga kiradi. Ular orasida ―asosiy 
antitana‖ immunoglobulin G hisoblanib, u 2 ta yengil va 2 ta og‗ir polipeptid 
zanjirlardan iborat, ularning har biri o‗zaro mos holda 216 va 450 tadan 
aminokislotalar qoldiqlariga ega bo‗ladi. O‗simliklar ham albumin va 
globulinlarga boy. Dukkakli va yog‗li o‗simliklar oqsillarining ancha qismi 
globulinlardan, xususan, bunga no‗xatning ligumini, loviyaning fazeolini, 
kanakunjutning edestini misol bo‗la oladi.
Proteinoidlar
. Proteinoidlar – bu tayanch to‗qimalarining oqsillaridir. 
Proteinoidlarga biriktiruvchi to‗qima tarkibiga kiradigan kollagen; soch, shox, 
tuyoq, patlar tarkibiga kiradigan keratinlar; pay, tog‗ay tarkibiga kiradigan elastin, 
suyak to‗qimasining oqsili ossein, ipak qurti oqsili fibroin, dengiz bulutlari oqsili 
sponginlar va boshqalar kiradi. Bu oqsillar tarkibida oltingugurt miqdorining 
ko‗pligi bilan ajralib turadi. Proteinoidlar suvda, tuzda, suyultirilgan kislotalarda 


48 
va ishqorlarda erimaydi. Ko‗p proteinoidlar ovqat sifatidagi ahamiyatga ega emas, 
chunki ovqat hazm qilish fermentlari ularga ta‘sir qilmaydi. Proteinoidlar mono-
karbon aminokislotalardan tashkil topgan; ularning tarkibida glitsin, alanin va 
tirozinlar ko‗p uchraydi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin