Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 glutation 
‒ glutamin kislotasi, sistein va glitsindan 
tashkil topgan tripeptid ham kiradi. Bu peptid hayvon va odam hujayralarida 
(ayniqsa, miya, ko‗zning gavharida), bakteriyalar, xamirturush, zamburug‗lar, 
yashil o‗simliklarda uchraydi. Glutation oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida faol 
ishtirok etadi. Glutationning hujayralarda bajaradigan asosiy funksiyasi 
oqsillarning sulfogidril guruhlarini oksidlanishdan himoya qilishdir. Glutation, 
shuningdek, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi qator fermentlar 
uchun koferment vazifasini bajaradi. Glutation hayvonlar va odamlarning qizil qon 
tanachalaridagi almashinuv jarayonlarida hosil bo‗ladigan H
2
O

ning
parchalanishi 
yoki dorivor preparatlarning autooksidlanishida ishtirok etadi. Masalan, tirik 
hujayra uchun yot bo‗lgan birikmalarni (galogenli alifatik yoki aromatik 
uglevodorodlarni) detoksifikatsiyalashda, ularni suvda eruvchan, buyrak orqali 
chiqariladigan shaklga aylantirishda ishtirok etadi. 
 
 3.10. Murakkab oqsillar
Murakkab oqsillar ikki komponent: oddiy oqsildan va nooqsil tabiatli 
moddadan tashkil topgan. Nooqsil tabiatli qismi prostetik guruh (yunoncha, 
―prostheto‖ – ―biriktiraman‖, ―qo‗shib olaman‖) deb nomlanadi. Odatda, bu guruh 
oqsil molekulasi bilan birgalikda barqaror birikma hosil qiladi. Yuqorida qayd 
etilganidek, prostetik guruhning kimyoviy tuzilishiga qarab, murakkab oqsillarni: 
xromoproteinlar, nukleoproteidlar, lipoproteinlar, glikoproteinlar, fosfoproteinlar 
va metalloproteinlarga bo‗linadi. 
3.10.1. Xromoproteinlar 
Xromoproteinlar. 
Bu oqsillar oddiy oqsillarning bo‗yovchi komponentlar 
bilan birikishidan hosil bo‗lib, nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. 
Gemproteinlar orasida temir tutuvchi gemproteinlar (prostetik guruhi – temir 
tutuvchi xalqasimon komponent), magniy tutuvchi magniy-porfirinlar, shuningdek, 
izoalloksazinning hosilasini tutuvchi flavoprotein farqlanadi. Xromoproteinlar 
qator o‗ziga xos biologik funksiyalarni bajaradi, ular jumlasiga hayotiy 
faoliyatning muhim fundamental jarayonlari: fotosintez, hujayraning va 
organizmning nafas olishi, kislorod va karbonat angidridning tashilishi, 


51 
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, yorug‗lik va rangni idrok etish va boshqalarni 
kiritish mumkin.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin