Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
3.10.4. Glikoproteinlar
Glikoproteinlarning nooqsil komponenti oqsillar bilan ancha barqaror holda 
birikkan karbon suvlar va ularning hosilalari hisoblanadi. Glikoproteinlarning 
tarkibiga karbon suv komponenti sifatida:
 
glyukoza- va galaktozoaminaminlar, 
glyukoza, mannoza, ksiloza, arabinoza, glukuron, sirka, sulfat, neyramin va sial 
kislotalar va boshqalar kirishi mumkin. Turli glikoproteinlarda karbonsuv 
komponenti bilan oqsil molekulasining birikishi: asparagin, serin yoki treonin 
aminokislotalaridan biri orqali amalga oshadi. 
Gialuron kislota 
biriktiruvchi to‗qima bo‗lib, hujayralarning pardasi 
(obolochkasi), ko‗zning sinovial suyuqligi va shishasimon tanasining asosiy 
moddasi
 
hisoblanadi. Uning molekulyar massasi 10
5
dan 10

Da gacha bo‗ladi. 
Gialuron kislotaning ipsimon polimer strukturasi β-(1→3) glukozid bog‗lar bilan 
birikkan D-glukuron kislotasi va N-atsetil-D-galaktozamindan tashkil topgan 
disaxarid birliklarlarning navbatma-navbat almashinib kelishi natidasida hosil 
bo‗ladi. Disaxaridlarning bu strukturaviy birliklari o‗zaro bir-biri bilan odatdagi β- 
(1→4) – bog‗lar yordamida birikadi.
 
Xondroitinsulfat kislota 
ham gialuron kislotaga o‗xshash nohujayraviy asos 
sifatida xizmat qiluvchi
 
moddalar polimeri (m.m.50000Da)dir, lekin undagi N-
atsetil-D-glyukozamin o‗rniga N-atsetil-D-galaktozamin joylashgan bo‗lib, uning 
4-gidroksil guruhi karbon atomiga sulfat guruh birikkanligi bilan farqlanadi.
Biologik faol glikoproteinlar jumlasiga yaqinda fanga ma‘lum qilingan 
ekzogen stimulyatorlar ta‘siriga
 
javoban hayvon hujayralarida sintezlanadigan
 
interferonlarni 
kiritish mumkin.
 
Ular antivirus va o‗smaga qarshi xossalarga, 
shuningdek, hujayraviy va immunoboshqaruv ta‘sirga ega.
 
Interferonlarning 
karbonsuv komponentlari, aminokislota ketma-ketligi, molekulyar massasi, 
farmakologik ta‘siri bilan farqlanadigan xillari mavjud. Interferonlar tarkibi 160 ga 
yaqin aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan, ular orasida gidrofob 
aminokislotalar ko‗proq bo‗ladi. Ularning tarkibida bittagina prolin uchraydi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin