Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
 
 
3.10.3. Lipoproteinlar 
Lipoproteinlarning nooqsil tabiatli qismi yog‗ va yog‗simon moddalar ‒ 
lipidlar hisoblanadi. Ular o‗rtasidagi bog‗lanishlar xilma-xil darajadagi 
barqarorlikka ega bo‗lishi mumkin. Lipoproteinlar tarkibida nooqsil komponent 
sifatida neytral yog‗lar, erkin yog‗ kislotalari, fosfolipidlar va xolesterinlar bo‗lishi 
mumkin. 
Lipoproteinlar 
hujayra 
membranasi, 
yadro, 
mitoxondriya, 
mikrosomalarning biomembranalari tarkibiga kirishi, shuningdek, erkin holda 
uchrashi mumkin. Lipoproteinlarga yana o‗pkaning tromboplastik oqsili, tovuq 
tuxumining lipovitillini, ba‘zi fosfolipidli oqsillar va h.k.lar ham kiradi. 
Lipoproteinlar mielin po‗st, nerv to‗qimasi, xloroplastlar, fotoretseptorlar va 
elektron-transport tizim, ko‗z to‗ri va boshqalarning strukturaviy kompleks 
tuzilmalarining tarkibiga kirishi isbotlangan. 
Lipoproteinlar α-lipoproteinlar, β-lipoproteinlar, pre-β-lipoproteidlar va 
xilomikronlarga bo‗linadi. Oqsil komponentlarini lipidlar bilan birikish mexanizmi 
to‗g‗risida gapirganda, lipoproteinlarni hosil bo‗lishida har xil tabiatli lipid 
komponentlardagi ionlangan atomlar guruhlarining bor yoki yo‗qligi bilan 
belgilanadigan nokovalent bog‗lanishlar ishtirok etishiga oid ma‘lumotlar mavjud. 
Agar lipoproteinlarni hosil bo‗lishida fosfolipid ishtirok etsa, u bilan oqsil 
molekulasi o‗rtasidagi bog‗lanish ion tipida bo‗ladi (8-rasm). 
Oqsil tarkibidagi

Fosfolipidlar 
α-spiral 

8-rasm. 
Oqsil va fosfolipid o‗rtasidagi ion tipidagi bog‗lanish.
 


60 
Ko‗pincha biomembranalarning yuqori darajali tartibga ega bo‗lgan qo‗sh 
zanjirli oqsil-lipid strukturasini hosil bo‗lishida lipoproteinlarning har xil 
kombinatsiyadagi nokovalent ta‘sirlanish kuchlari ishtirok etadi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin