Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Flavoproteinlar. 
Bu oqsillarning tarkibidagi nooqsil tabiatli guruhi 
izoalloksozinning hosilalari oksidlangan flavinmononukleotid (FMN) va 
flavinadenindinukleotid (FAD)lardir. Flavoproteinlar to‗qimaviy nafas olishni 
ta‘minlovchi oksidlovchi-qaytaruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Ulardan 
ba‘zilarining tarkibida metall ionlari bo‗ladi. Tarkibida gemsiz temir
2+
tutuvchi 
flavoprotein fermentlar jumlasiga: ksantinoksidaza, aldegidoksidaza, SDG, 
digidrooratdegidrogenaza, atsil-Ko-degidrogenazalar kiradi. Bu fermentlar 
mitoxondrial flavoproteinlarning 80 %ni tashkil qiladi va ular hujayraning 
bioenergetikasida muhim ahamiyatga ega. 


58 
3.10.2. Nukleoproteinlar 
Nukleoproteidlar hujayralarning yadrosi va protoplazmasida uchraydi. Bu 
oqsillar hujayra yadrosining tarkibiy qismi bo‗lib, hujayraning bo‗linishida va irsiy 
belgilarni ko‗chirilishida muhim ahamiyatga ega. Nukleoproteinlar oddiy 
oqsillardan va nuklein kislota qoldiqlaridan tashkil topgan. Nuklein kislotalar bu 
murakkab 
oqsillarning 
nooqsil 
tabiatli 
qismi 
hisoblanadi. 
Tabiatda 
nukleoproteinlarning bir-biridan o‗zlarining tarkibi, kattaligi, fizik-kimyoviy 
xossalari bilan farqlanadigan ikki xili: dezoksiribonukleoprotein (DNP)lar va
ribonukleoprotein (RNP)lar uchraydi. 
Hujayrada sintezlanadigan oqsillarning tabiati birinchi navbatda DNPga, 
aniqrog‗i, DNKga bog‗liq, tirik organizmlarning xususiyatlari, ularning 
subhujayraviy organellalari, hujayralari va, umuman, butun organizmning tuzilishi 
sintezlanadigan oqsillarning xossalari bilan belgilanadi, deb e‘tirof etishga to‗liq 
asos bor. DNK irsiy belgilarni saqlaydi. Nukleoproteinlar va ularga mos tarzda 
nuklein kislotalari bilan juda murakkab biologik jarayonlar bevosita bog‗liqdir, 
ular jumlasiga mitoz, meyoz, embrional va xatarli o‗sish va boshqalarni kiritish 
mumkin. Ko‗p eukariot organizmlarning hujayralarida yadro interfaza bosqichida 
bo‗lganda DNK va oqsil molekulasidan iborat bo‗lgan filament deb nomlangan 
qalinligi o‗zgarib turadigan ipchalar (o‗rtacha10 nm, kamdan kam 2 nm) hosil 
bo‗ladi. Filamentlarning qalinligi qo‗sh zanjirli DNK strukturasining atrofida 
oqsilning bor yoki yo‗qligiga bog‗liq bo‗lsa, uning uzunligi DNK ning molekulyar 
massasi bilan belgilanadi. 
Ma‘lumki, 1 xromosoma 1 molekula DNKga ega bo‗ladi, uzunligi bir necha 
santimetr bo‗lishi mumkin. Xromatin tarkibiga 1 molekula DNK, 5 ta sinfga 
mansub giston oqsillar va nogiston oqsillar kiradi. DNPning oqsil tarkibi 
to‗g‗risida fikr yuritilganda, ular kattaligi, aminokislota tarkibi va zaryad 
ko‗rsatkichi (doimo musbat) bo‗yicha farqlanadigan 5 ta sinfga mansub bo‗lgan 
gistonlar ekanligini e‘tirof etish lozim. Xususan, o‗rtacha molekulyar massasi 
20000 Da bo‗lgan lizinga boy (H
1
) va molekulyar massasi 15000 Da gacha bo‗lgan
argininga boy gistonlar farqlanadi. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin: 
H

‒ lizinga boy, 
H
2
– arginin va lizinga boy, 
H
2A 
– arginin va lizinga mo‗tadil boy, 
H
3
– argininga boy, 
H
4
– glitsin va argininga boy. 
Nogiston oqsillarga murakkab oqsillar, fermentlar, shuningdek, boshqaruv 
jarayonlarida ishtirok etuvchi oqsillar kiradi deb taxmin qilinadi. Nogiston oqsillar 
giston oqsillardan tarkibida nordon aminokislotalarning mavjudligi bilan farq 


59 
qiladi. Har xil nukleoproteinlarning tarkibida uchraydigan nuklein kislotalarining 
miqdori 40 % dan 60 % gacha (masalan, pro- va eukariotlarning ribosomalarida) 
bo‗ladi. Virus nukleoproteinlarida nuklein kislotalarning miqdori umumiy 
massaning 2-5 % dan oshmaydi. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin